Abdusamatov Alisher Sobirovichning 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish asosida takomillashtirish metodikasi” (boshlang‘ich ta’lim misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2833.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020. Ped.70.02.          
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bobomurodova Anora Yavqochtievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish tushunchasining xususiyati tizimli-funksional, kompleks, tabaqalashtirilgan yondashuvlarni modulli va differensial ta’lim mazmuni bilan dialektik uyg‘unlashuvga erishish imkoniyatini hisobga olgan holda ochib berilgan;
boshlang‘ich ta’lim jarayoniga tatbiq etiladigan tashkiliy-pedagogik modelning amaliy komponenti o‘quv-biluv jarayonidagi tashkiliy-faoliyat turlarining maqbullash, tizimlashtirish, individullashtirish, faollashtirish, amaliy faoliyatga tayyorlash kabi identiv maqsadlar asosida aniqlashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish metodikasi tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan o‘qitish jarayonining timsolli, ishorali, tasavvurli kabi modellari asosida “fikrlash”, “izlash”, “kashf qilish” omillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish mazmuni o‘quvchilarning o‘qish, ma’lumot olish, bilish, anglash kabi nazariy faoliyat shakllarini tadqiqotchilik, vizuallashtirish, loyihalashtirish kabi faoliyat turlari bilan mazmunan adekvat munosabatlarda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish tushunchasining xususiyati tizimli-funksional, kompleks, tabaqalashtirilgan yondashuvlarni modulli va differensial ta’lim mazmuni bilan dialektik uyg‘unlashuvga erishish imkoniyatini hisobga olgan holda ochib berilganligiga doir xulosalar “Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i bilan tasdilangan 441-014-son nashr guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish mazmuni boyitilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish metodikasi tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan o‘qitish jarayonining timsolli, ishorali, tasavvurli kabi modellari asosida “fikrlash”, “izlash”, “kashf qilish” omillariga ustuvorlik berib takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar boshlang‘ich sinf darsliklari mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02 1801-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish metodikasini takomillashtirish orqali  o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
ta’lim jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini modellashtirish mazmuni o‘quvchilarning o‘qish, ma’lumot olish, bilish, anglash kabi nazariy faoliyat shakllarini tadqiqotchilik, vizuallashtirish, loyihalashtirish kabi faoliyat turlari bilan mazmunan adekvat munosabatlarda uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan mexanizmlari Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari 6 ta umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflaridan 570 nafar o‘quvchilariga dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1801-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish