Odiljonova Aziza Abduxakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishning psixologik jihatlari (3-4-sinf o‘quvchilari misolida)», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P243.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Melibaeva Ro‘zaxon Nasirovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllanish jarayonini ochib berish orqali amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllanishi bolada yangi ma’lumotlarga nisbatan ta’sirchanlik, axborotlarga tolerantlik, intuitiv tafakkurni dinamik tarzda ifodalanishi tufayli novatsion faoliyatga yo‘nalganlikni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijodiy tasavvurlarni namoyon bo‘lishida tafakkur egiluvchanligi, fikrlarning orginalligi, yangilikka nisbatan xissiy ta’sirchanlikning integrativ namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslangan;
oiladagi sibling munosabatlari ta’sirida semantik va obrazli moslashuvchanlikning bilishga oid muloqot negizida emotsioal intellekt bilan o‘zaro uyg‘un rivojlanishi tufayli bolada gnostik, konstruktiv, protsessual koreativlikni shakllanishi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi kreativlik xususiyatlarini namoyon bo‘lishida qiziqishlar, intilishlar, ijodkorlik, tashabbuskorlik, assotsativlikning refleksivlik faoliyatga psixologik tayyorlik negizida ifodalanishiga ko‘ra gnostik qiziqishlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishning psixologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllanishi bolada yangi ma’lumotlarga nisbatan ta’sirchanlik, axborotlarga tolerantlik, intuitiv tafakkurni dinamik tarzda ifodalanishi tufayli novatsion faoliyatga yo‘nalganlikni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillanganligiga doir ilmiy natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son buyrug‘iga asosan “Psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologiya o‘quv-ilmiy markazida tashkil etiladigan «Ijod psixologiyasi» va «Tafakkur psixologiyasi» kabi o‘quv kurslarida kreativlikning tayanch mezonlari va uni shakllantirish bo‘yicha eng so‘ngi ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijodiy tasavvurlarni namoyon bo‘lishida tafakkur egiluvchanligi, fikrlarning orginalligi, yangilikka nisbatan xissiy ta’sirchanlikning integrativ namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlarning mavjudligi asoslanganligi haqidagi ilmiy yangiligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/08/1497-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va xarakatli o‘yinlar va o‘yinchoqlarning «Bolalar dunyosi» variativ o‘yinlar majmuasini ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlar boyitilgan;
oiladagi sibling munosabatlari ta’sirida semantik va obrazli moslashuvchanlikning bilishga oid muloqot negizida emotsioal intellekt bilan o‘zaro uyg‘un rivojlanishi tufayli bolada gnostik, konstruktiv, protsessual koreativlikni shakllanishi dalillanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida kreativlikni rivojlantiruvchi ishlarda uning ijtimoiy kapital bilan bog‘liq xususiyatlariga doir ilmiy bilimlar boyitilgan;
kichik maktab yoshidagi kreativlik xususiyatlarini namoyon bo‘lishida qiziqishlar, intilishlar, ijodkorlik, tashabbuskorlik, assotsativlikning refleksivlik faoliyatga psixologik tayyorlik negizida ifodalanishiga ko‘ra gnostik qiziqishlarning ustuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son buyrug‘iga asosan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/08/1497-son ma’lumotnomalari). Natijada kreativlik xususiyatlarini shakllantirish ishlarining natijadorligiga erishilgan.