Amanov Baxodirjon Tuxtasinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan erlarning suvga talab me’yorlarini asoslash metodikasini takomillashtirish», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T541.

Ilmiy rahbar: Ikramov Rahimdjon Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Saliev Bahodir Komilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy- tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarning va qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish tartibi va me’yorlarini asoslash uslubiyatlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

halqaro FAO usuli vegetatsiya davrida ekinlarining sug‘orish rejimini mahalliy sharoitga moslashtirilib uni “novegetatsiya” davrida nam suv berish va sho‘r yuvish me’yorlari bilan yil mobaynida yuvilma sug‘orish rejimini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;

ekinlarning sug‘orish me’yorini aniqlash usuli erta va o‘rta pishar g‘o‘za navlarining inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

sug‘oriladigan erlarning suvga talab me’yorlarini aniqlash usuli erlarning sun’iy drenajlanishi, irrigatsiya tizimlarining FIKni hisobga olib umumiy va xususiy suv-tuz balanslari asosida takomillashtirilgan;

Sirdaryo viloyati uchun yangi gidromodul rayonlashtirish usuli takomillashtirilgan halqaro FAO metodikasi va ekinlarni sug‘orish rejimlari asosida ishlab chiqilgan va rayonlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan erlarning suvga talab me’yorlarini asoslash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

tabiiy-xo‘jalik sharoitlarini hisobga olib takomillashtirilgan halqaro FAO metodikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi “Suvloyiha” DUK da qishloq xo‘jalik ekinlarining sug‘orish rejimi va sho‘r yuvish me’yorlari sug‘orish tarmoqlarini loyihalashda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 02/29-50-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida g‘o‘zaning bir marta va mavsumiy sug‘orish me’yorlari 500÷2000 m3/ga-gacha tejash imkonini bergan;

avtomorf tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning chegaraviy dala nam sig‘imi (ChDNS)ga nisbatan 70-70-60 % sug‘orish rejimlari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “Zarbdor irrigatsiya bo‘limi”da joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 02/29-50-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida har bir gektardan nazoratga nisbatan 3-5 s qo‘shimcha paxta hosilini etishtirish va mavsumiy sug‘orish me’yori 20-21 % ga tejash imkonini bergan;

yarim gidromorf tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % sug‘orish rejimlari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «Viloyatlararo janubiy Mirzacho‘l magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi»da joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanvardagi 02/29-50-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida har bir gektar maydondan nazoratga nisbatan 4-5 s qo‘shimcha hosil etishtirib, mavsumiy sug‘orish me’yori 26-30 % ga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish