Yakubova Matluba Tajibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


Umumiy ma’lumotlar.
“Erkin  Samandar she’riyatining lingvopoetik  xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1429.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sariev San’atjon Matchanboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umrzoqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin Samandar she’riy asarlarida o‘zbek tili imkoniyatlaridan badiiy maqsadda foydalanish masalasini, shoir asarlari lug‘at boyligining funksional-semantik xususiyatlarini ko‘rsatish, ijodkorning adabiy-estetik qarashlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovush uyg‘unligi va ritm asosida shakllanadigan alliteratsiya va boshqa fonopoetik hamda fonografik vositalardan foydalanish Erkin Samandar she’riyati lisoniy-badiiy xususiyatlarining o‘ziga xosligini ta’minlaganligi asoslab berilgan;
shoir she’riyatida tilning chegaralangan leksikasiga, ya’ni dialektizm, arxaizmlar, istorizmlarga murojaat qilish badiiy matnda mahalliy kolorit, tarixiy voqelikni jonli lavhalarda tasvirlashga asos bo‘lganligi va shoir she’riyatida ishlatilgan ma’nodosh, shakldosh va zid munosabatli leksik vositalarning muhim o‘ringa egaligi dalillangan;
Erkin Samandar she’riyatidagi morfologik birliklar va sintaktik vositalar, ya’ni  ritorik so‘roq, murojaat va xitob shakllari she’riyat ohangdorligini va kontekst mazmunini ta’minlashdagi estetik vazifasi aniqlangan;
nutqni ravon ritmga solib, shoirga salmoqdor ma’no tashuvchi so‘zni zarur o‘ringa chiqarish imkonini yaratuvchi sintaktik parallelizm, ritorik so‘roq, ritorik murojaat va xitoblar, inversiya hodisasi, antiteza, juft so‘zlar, takrorlar, gradatsiya kabi vositalarning shoir  she’riyatidagi matnda badiiyat hosil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin Samandar she’riyatining lingvopoetik  xususiyatlari yuzasidan olingan natijalar asosida:
Erkin Samandar she’riyatining bugungi o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, o‘ziga xosligi, o‘zbek tili boyliklaridan foydalanish mahoratiga oid kuzatishlar, tahlillar asosidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-G002. “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 27 yanvardagi 36/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Erkin Samandar she’riyatida ishlatilgan ma’nodosh, shakldosh va zid munosabatli leksik birliklarning she’riyat badiiyatidagi o‘rnini yoritish, o‘zlashma leksikaga oid poetizm va izofaviy birikmalarning emotsional-ekspressivlik xususiyatlarini ochib berishdagi o‘rnini yoritishga erishilgan;
shoir she’riyatining o‘ziga xos o‘rnini asoslash hamda ijodkor mahoratini ochib berish jarayonida chiqarilgan xulosalardan, jumladan, dissertatsiya ishida qo‘llanilgan misollardan she’riy nutqdagi fonetik, leksik va morfologik vositalarning vazifasini tadqiq qilish, o‘zbek tili lug‘at boyligini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-G005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 27 yanvardagi 37/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha  o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatuvchi  ilmiy dalillar bilan boyigan; 
nutqni ravon ritmga solib, shoirga salmoqdor ma’no tashuvchi so‘zni zarur o‘ringa chiqarish imkonini yaratuvchi sintaktik parallelizm, ritorik so‘roq, ritorik murojaat va xitoblar, inversiya hodisasi, antiteza, juft so‘zlar, takrorlar, gradatsiya kabi vositalarning shoir  she’riyatidagi matnda badiiyat hosil qilishi hamda badiiy tasvir vositalarining individuallik xususiyatlarini ochib berish asosida olingan xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 fevraldagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu badiiy tasvir vositalari ona tili va adabiyoti metodikasi taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil sifatida qayd etilgan va bu xususidagi nazariy fikrlarning illyustrativ misollar bilan dalillanish darajasi ortgan;
Erkin Samandar she’riyatida qo‘llangan morfologik va sintaktik resurslarning lingvopoetik  xususiyatlari, ulardan o‘rinli foydalanish xususidagi xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022 yil 21 martda “Munavvar kun” dasturida, 2020 yil 21 oktyabrda “Assalom, Xorazm” dasturining “Suhbatdosh” ruknida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 oktabrdagi 2021-11-10/1365, 1366-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materialning mazmuni yanada mukammallashgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish