Raxmonov Abduqahhor Absattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari va uning Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga ta’siri”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal551.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
Ilmiy rahbar: Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Namozov Bobir Baxrievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Pardaeva Marhabo Davlatovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yoqub Abu Yusuf falsafiy g‘oyalarining Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-ma’naviy hayotiga ko‘rsatgan ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk Abbosiylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning xususiy mulk, shaxsiy tashabbus va erkin savdo munosabatlari kabi bozor mexanizmlari, madaniy-ma’naviy hayotning fuqarolarning hayoti, ularning yashash tarzi va ijtimoiy muammolarni hal etish kabi ustuvor yo‘nalishlari musulmon soliq tizimi asoslarining shakllanishiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
Abu Yusufning “Kitob al Xaroj” asaridagi soliq tizimini tartibga solishga oid halol va adolatli muomala va daromadlarni adolatli taqsimlash, soliq mulki va miqdorini aniqlash, muhitni hisobga olish, soliq kapitaliga yondashuv kabi tamoyillarning iqtisodiy sohada davlatning ijtimoiy faoliyatini tartibga solish va amaliy hayotda davlat daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi munosabatlarning optimal varianti ekanligi falsafiy jihatdan asoslab berilgan; 
Abu Yusuf ta’limotidagi ijtimoiy adolat g‘oyasining urush va tinchlik davrda davlatning harakatlari, harbiy qonun-qoidalar, hukmdor va davlat amaldorlarining jamiyat farovonligi uchun mas’ulligi, fuqarolarning burch va majburiyatlari kabi xususiyatlari xalq farovonligini ta’minlashda, daromadlarni teng taqsimlashda, ijtimoiy davlat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etganligi sababli Markaziy Osiyo xalqlari taraqqiyotini ta’minlash omili ekanligi ochib berilgan;
davlatning aholining asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga oid ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va majburiyatlari, halol va adolatli boshqaruv tizimni o‘rnatish, iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish, xalqning farovonligini ta’minlash siyosatiga oid qarashlarining Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish, ijtimoiy davlatni barpo etish maqsadlariga hamohangligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar va ularning Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga ta’siri mavzusini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Abu Yusuf ta’limotidagi ijtimoiy adolat g‘oyasining urush va tinchlik davrda davlatning harakatlari, harbiy qonun-qoidalar, hukmdor va davlat amaldorlarining jamiyat farovonligi uchun mas’ulligi, fuqarolarning burch va majburiyatlari kabi xususiyatlari xalq farovonligini ta’minlashda, daromadlarni teng taqsimlashda, ijtimoiy davlat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etganligi sababli Markaziy Osiyo xalqlari taraqqiyotini ta’minlash omili ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligining IZ-20170927504-son “Surxondaryo viloyati ekoturizm salohiyati” nomli grant loyihasida Surxondaryo vohasi tarixi, uning ekoturizm salohiyatida tutgan o‘rni hamda mazkur yo‘nalishda “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazining 2021 yil 18 fevraldagi 2/5-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu manbalar ichki va tashqi turizmni rivojlanishiga va ajdodlarimiz ma’naviy merosini jahonga targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib xizmat qilgan;
ilk Abbosiylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning xususiy mulk, shaxsiy tashabbus va erkin savdo munosabatlari kabi bozor mexanizmlari, madaniy-ma’naviy hayotning fuqarolarning hayoti, ularning yashash tarzi va ijtimoiy muammolarni hal etish kabi ustuvor yo‘nalishlari musulmon soliq tizimi asoslarining shakllanishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi tadqiqot natijalari, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilib, yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish  va  sohani rivojlantirishni  yangi  bosqichga  ko‘tarishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar dasturining 51-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda maqsadida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 
15 fevraldagi 02/02/205-son dalolatnomasi). Natijada,  dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar  islom dini, fiqh ilmi, islomiy soliq tizim va hanafiylik mazhabi ta’limotiga oid ilmiy-amaliy masalalarni  o‘rganish  borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Abu Yusufning “Kitob al Xaroj” asaridagi soliq tizimini tartibga solishga oid halol va adolatli muomala va daromadlarni adolatli taqsimlash, soliq mulki va miqdorini aniqlash, muhitni hisobga olish, soliq kapitaliga yondashuv kabi tamoyillarning iqtisodiy sohada davlatning ijtimoiy faoliyatini tartibga solish va amaliy hayotda davlat daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi munosabatlarning optimal varianti ekanligi yuzasidan ilmiy yangiliklardan Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida foydalanilgan (Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 12 yanvardagi 01-07/06-son ma’lumotnomasi). Natijada Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan sof islom e’tiqodi va ta’lim-tarbiyaga oid quyidagi Hakim Termiziyning “Hakim Termiziy yo‘lining boshlanishi”, “Nafs odobi”, “Nafs riyozati” va “Kasb-tirikchilik bayoni” nomli risolalar, So‘fi Ollohyorning “Sabot ul-ojiziyn” hamda Abu Iso Termiziyning “Ash-shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini tarjimasini tayyorlashda va mazmunini to‘ldirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
davlatning aholining asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga oid ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va majburiyatlari, halol va adolatli boshqaruv tizimni o‘rnatish, iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish, xalqning farovonligini ta’minlash siyosatiga oid qarashlarining Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish, ijtimoiy davlatni barpo etish maqsadlariga hamohangligiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 iyuldagi 02-40-533-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning Abu Yusufning ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari va ularning Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga ta’siri hamda uning ilmiy merosiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish