Boysunov Jonbek Xidirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar ma’naviy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal511.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Voxidova Munira Tulkinovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ma’naviy madaniyati rivojidagi dinamik jarayonlarni aniqlash hamda ularga ta’sir etish omillarining konstruktiv jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yoshlar ma’naviy madaniyatidagi tarkibiy qismlar bo‘lgan kognitivlik, siyosat, axloqning tadrijiyligi va shaxs, jamiyat, davlatning ob’ektiv imkoniyatlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
yoshlar ma’naviy madaniyatining diniy, estetik, badiiy xususiyatlari va e’tiqod, odat, fazilat kabi ob’ektiv omillarning dialektik bog‘liqligi falsafiy jihatdan asoslangan;
yoshlar ma’naviy madaniyatiga qadriyatli yondashuv modellarining konservativlik, texnokratik, gumanistik mohiyati va past, o‘rta, yuqori rivojlanish darajalari o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
globallashuv sharoitida ma’naviy madaniyatning besh muhim tashabbus negizida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan falsafiy o‘zgarishlari falsafiy nuqtai nazardan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlar ma’naviy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar ma’naviy madaniyatidagi tarkibiy qismlar bo‘lgan kognitivlik, siyosat, axloqning tadrijiyligi va shaxs, jamiyat, davlatning ob’ektiv imkoniyatlariga oid xulosalaridan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2020-2021 yy) amaliy grant loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Yoshlarni globallashuv jarayonida umummilliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash”, “Qadriyatlar yoshlar nigohida”, “Milliy umuminsoniy qadriyatlar, jamiyatimiz taraqqiyoti ko‘zgusi” davra suhbatlari, seminar-treninglarni tashkil qilishda hamda “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi” o‘quv-uslubiy qo‘lllanmasining “Qadriyat va umummilliy qadriyat tushunchalarining mazmuni va mohiyati”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar-yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish omili sifatida” bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 28 martdagi 04/1446-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yosh avlodni ma’naviy madaniyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali mafkuraviy immunitetini mustahkamlash asosida davlat, jamiyat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy madaniyatining diniy, estetik, badiiy xususiyatlari va e’tiqod, odat, fazilat kabi ob’ektiv omillarning dialektik bog‘liqligiga doir ilmiy yangilik va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi dasturining IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim- tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishining 4.1. Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish bandi “odamlarning turmush tarzi, birinchi navbatda, qishloq aholisi obodligi va farovonligini ta’minlash, ularning turmush madaniyatini oshirish”, VI. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishining 6.2. bandi “Yoshlarni milliy tiklanish va yuksalish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash”ni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot dasturlari ssenariylarini tayyorlash va 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasining 31-bandi “Milliy urf-odat, an’analar va qadriyatlarni saqlashni kuchaytirish va rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini ishlab chiqish, 72-bandi “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha faoliyat olib borish”da foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022 yil 18 martdagi 02/02-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik singari axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hamda ma’naviy madaniyatini yuksaltirishga, yoshlar ma’naviy madaniyatidagi jamoaviylikka asoslangan estetik, axloqiy, badiiy, ma’naviy g‘oyalarning o‘tmish qadriyatlariga asoslanishiga oid kelgusidagi ilmiy-uslubiy faoliyatida, amaliy tadbirlarni amalga oshirishda, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy madaniyatiga qadriyatli yondashuv modellarining konservativlik, texnokratik, gumanistik mohiyati va past, o‘rta, yuqori rivojlanishi darajalariga doir takliflar va tavsiyalaridan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 22 yanvar` kuni efirga uzatilgan “Kun mavzusi” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi 2022 yil 1 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ma’naviy madaniyatida oraliq masofada turuvchi diniy qarashlar, axloqiy tafakkur elementlari va badiiy-estetik ideallarning ma’naviyat tizimida rivojlanishiga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida ma’naviy madaniyatning besh muhim tashabbus negizida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan falsafiy o‘zgarishlari ochib berilganligigi doir taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 34-bandi “Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlashning maqsadida Markaz xodimlari  va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun “O‘zbekistonda yoshlar ma’naviy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy masalalari mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish” nomli tadbirlarning dasturlari va ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 24 maydagi 02/02/890-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ongida besh muhim tashabbusga nisbatan intiluvchanlik, globallashuvning ta’sirida unga moslashish tuyg‘ulari rivojlanishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish