Tursunov Abdirasul Yulchibaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta chigitlarini havo oqimi yordamida saralashning samarali texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T283.

Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gorizontal havo oqimida saralash qurilmasini takomillashtirish yo‘li bilan urug‘lik chigitning sifatini yaxshilash, energiya sarfini kamaytirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta chigitini gorizontal havo oqimi yordamida saralash  qurilmasining yangi konstruksiyasi yaratilgan;

paxta chigitini o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kesimli aerodinamik saralagichdagi harakatining dinamik modellari tahlili asosida yangi saralagichning parametrlari aniqlangan;

saralash jarayonida fraksiyalarning harakat qonuniyatlari asosida saralagichning energiya sarfini kamaytirishini ta’minlaydigan texnologik parametrlari va ish rejimi aniqlangan;

chigitlarning separatsion kamerada harakatlanish qonunlari, saralash unumdorligini havo oqimi tezligiga plastinka og‘ish burchagiga bog‘liqligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Urug‘lik paxta chigitini gorizontal havo oqimida saralash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:

aerodinamik saralash uskunasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Ikki seksiyali paxta chigitini saralovchi qurilma”, №IAP 05516-2017 y.). Natijada urug‘lik chigitning turli iflosliklardan tozalanishi, saralashda aerodinamik qarshilikning va chigit mexanik shikastlanishining kamayishi, urug‘lik chigit sifatini yaxshilash, qurilma energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan;

urug‘lik chigitni gorizontal aerodinamik saralash qurilmasi «O‘zpaxtasanoat» AJ hududiy filialiga qarashli Chust paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxpasanoat» AJning 2018 yil 22 fevraldagi 02-18/943-son ma’lumotnomasi). Natijada  havo oqimi tezligi, traektoriyasini boshqarish, urug‘lik tarkibidagi ifloslik va ekishga yaroqsiz fraksiyalar kamayishi va yuqori saralash samaradorligini ta’minlash imkonini bergan;

saralagichning yangi ratsional parametrlari va ish rejimlari «O‘zpaxtasanoat» AJga qarashli Chust paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxpasanoat» AJning 2018 yil 22 fevraldagi 02-18/943-son ma’lumotnomasi). Natijada chigit mexanik shikastlanishining 1,91%ga kamayishi, urug‘lik chigit sifatini oshirib, sinfini 6%ga yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish