Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda paralimpiya bo‘yicha sportchilar tayyorlash tizimini pedagogik nazorat qilishning ilmiy metodik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped287.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kuchkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy o‘quv yurtlarida paralimpiya bo‘yicha sportchilar tayyorlash tizimida pedagogik nazorat qilishning samaradorligini nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda asosiy nozologiyalarning barcha turlarini qamrab olishga yo‘naltirilgan pedagogik nazorat tizimi (me’yoriy talablar va imtihon topshirishni baholash mezonlari) ishlab chiqilgan;
paralimpiyachilarni og‘ir nozologiyalari uchun (miya falajida turli shikastlanishi bo‘lgan shaxslar) harakatlanish vaqtida gavda holatini o‘zgarishi bilan dinamik tayanch reaksiya yo‘nalishi va mazkur yo‘nalish shartlari uchun qulay bo‘lgan tezlanish imkoniyatlari tayyorgarlikni turli vaqtlarida pedagogik nazorat qilish hisobiga harakat imkoniyatlari to‘g‘risida aniq va tezkor ma’lumot olish imkoniyati kengaytirilgan;
bir qo‘l va bir oyoq nozologiyasida harakat apparatining aktiv kuchlari (miya falaji bilan bog‘liq nozologiyalarda) o‘quv mashg‘ulot jarayonining turli bosqichlarida maksimal konsentratik kuch ko‘rsatkichlarini aniqlash hisobiga paralimpiyachilarning tayyorgarligini pedagogik nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
siklik va atsiklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi paralimpiyachilarning harakat uzluksizligini ta’minlashda tayyorgarlik darajasi bo‘yicha ko‘plab funksiyalar orqali ishonchli ma’lumotlar beruvchi kinematik imkoniyatlarni aniqlash asosida mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklarni bartaraf etish metodikasi takomillashtirilgan;
parasportchilarning har xil sport turlaridagi mashg‘ulot yuklamalarini kundalik harakat faoliyatiga ta’sir darajasi fazoviy vaqt tavsiflarini aniqlash orqali sportchining koordinatsion bog‘liqligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parasport turlarining turli tayyorgarlik sikllarida pedagogik nazorat qilishning ilmiy uslubiy asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajribalar davomida olingan ilmiy natijalar asosida: 
nogiron va jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni oliy ma’lumot olishlari uchun ishlab chiqilgan  asosiy nozologiyalarning barcha turlarini qamrab olishga yo‘naltirilgan me’yoriy talablar va imtihon topshirishni baholash mezonlari “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” ixtisosligi bo‘yicha o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kuzatuv kengashining 2022 yil 27 iyuldagi 01-13/22 son navbatdan tashqari yig‘ilishi bayoni). Natijada, nogiron va imkoniyati cheklangan shaxslarni oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishlari uchun ijodiy me’yorlar yaratilgan;
paralimpiyachilarni og‘ir nozologiyalari uchun (miya falajida turli shikastlanishi bo‘lgan shaxslar) harakatlanish vaqtida gavda holatini o‘zgarishi bilan dinamik tayanch reaksiya yo‘nalishi va mazkur yo‘nalish shartlari uchun qulay bo‘lgan tezlanish imkoniyatlari tayyorgarlikni turli vaqtlarida pedagogik nazorat qilish hisobiga harakat imkoniyatlari to‘g‘risida aniq va tezkor ma’lumot olish bo‘yicha takliflar «Adaptiv jismoniy tarbiya va sport» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-019 raqamli guvohnoma). Natijada, sportchilarning jismoniy tayyorgarligini mashg‘ulot va musobaqa jarayonida pedagogik nazorat qilish imkoniyati 16-18 % ga yaxshilangan;
parasportchilarni bir qo‘l va bir oyoq nozologiyasida harakat apparatining maksimal konsentratik kuch ko‘rsatkichlarini tayyorgarlikni turli davrlarida aniqlash orqali keyingi mashg‘ulot yuklamalarini tanlash yuzasidan takliflar “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” ixtisosligi bo‘yicha trenirovka va musobaqa jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 5 avgustdagi 06-13/4405-son ma’lumotnomasi). Natijada, maksimal konsentratik kuch ko‘rsatkichlari asosida mashg‘ulotlarni takomillashtirish uslubiyati 12%ga yaxshilangan;
siklik va atsiklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi paralimpiyachilarning harakat uzluksizligini ta’minlashda tayyorgarlik darajasi bo‘yicha ko‘plab funksiyalar orqali ishonchli ma’lumotlar beruvchi kinematik imkoniyatlarni aniqlash asosida mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Adaptiv jismoniy tarbiya va sport» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-019 raqamli guvohnoma). Natijada, parasportchilarning kinematik imkoniyatlari 12-14 % ga yaxshilangan;
parasportchilarning har xil sport turlaridagi mashg‘ulot yuklamalarini kundalik harakat faoliyatiga ta’sir darajasi fazoviy vaqt tavsiflarini aniqlash orqali koordinatsion bog‘liqligini oshirish imkoniyati bo‘yicha takliflar «Adaptiv jismoniy tarbiya va sport» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-019 raqamli guvohnoma). Natijada sportchilarning musobaqalarga tayyorlash imkoniyati 18-20 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish