Mustafoev Zafarjon Mustafo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida buyraklar morfometrik parametrlarining qiyosiy tavsifi» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1620.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori. (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Turkiya sog‘liq bilimlar universiteti (Turkiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasi sharoitida buyraklarning morfometrik parametrlari o‘zgarishlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasi 5 ta kombinatsiyada oq kalamushlarning buyraklari tarkibiy tuzilmasiga turlicha salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
siydik ayiruv tizimi organlaridagi ushbu tarkibiy o‘zgarishlar buyrak nefroni qon-tomirlari va kanalchalarining o‘sishi va shakllanishi jarayonlarining chuqur buzilishlariga olib kelishi, buyrak to‘qimasida nefronlar zichligining pasayishi va nefron naychalari diametri o‘zgaruvchanligining yuqoriligi aniqlangan;
buyraklar strukturaviy va funksional zonalarining shakllanish tezligi, ularning hujayralari faolligi va buyrakning nefron tuzilmalarining morfologik parametrlari pasayishi aniqlangan;
tajribada to‘qima, hujayra va hujayralararo darajadagi aniqlangan o‘zgarishlar oq zotsiz kalamushlar buyragi tuzilmalaridagi gipotrofik va gipoplastik o‘zgarishlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, normal sharoitda va polipragmaziya ta’sirida buyraklarning morfologik, funksional xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan “Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 8-nz181-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma polipragmaziya ta’sirida buyraklardagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlashga imkon bergan.
yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida buyraklar morfometrik parametrlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan “Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida buyraklar morfometrik parametrlarini aniqlash metodologiyasi” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 maydagi 8n-r/266-son ma’lumotnomasi) uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma buyraklarni o‘z vaqtida davolash va asoratlarning oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etishga imkon bergan.
Polipragmaziya ta’sirida buyrak tuzilishidagi morfofunksional xususiyatlar va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 08-34055-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot ma’lumotlarini amalga oshirish morfologik parametrlar bo‘yicha organopatologiyani erta tashxislash, davolash hayot sifatini yaxshilash va yatrogen asoratlar sonini kamaytirish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.