Smirnova Sabina Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1992.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Otajonov Jamshidbek Mashrabjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari tanqidiy fikrlash texnologiyasining didaktik imkoniyatlari, kommunikativ kompetensiyaning motivatsion, faollik, refleksiv komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va integrativ ta’sirini didaktik tamoyillarga mos ravishda qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli motivatsion, kognitiv, kommunikativ-faoliyatli, perseptiv-refleksiv komponentlardan iborat tanqidiy fikrlash texnologiyasi bilan interaksionizm g‘oyasi va muloqot ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini integrativ baholash algoritmlarini proektiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasi faol va interfaol o‘qitish usullari va shakllarini hisobga olgan holda o‘zaro ta’sirini tashkil etish, tanqidiy fikrlash texnologiyasini adaptiv transformatsiyalash va muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishni baholash mezonlari didaktik maqsadlarning asosiy va yakuniy bosqichlarning o‘zaro aloqadorligini saqlash va universalligi uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tanqidiy fikrlash texnologiyasini qo‘llash sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari tanqidiy fikrlash texnologiyasining didaktik imkoniyatlari, kommunikativ kompetensiyaning motivatsion, faollik, refleksiv komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va integrativ ta’sirini didaktik tamoyillarga mos ravishda qiyosiy aniqlash asosida takomilashtirishga oid tavsiyalar “Rus adabiyoti propedevtik kursi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0655-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish jarayonining psixologik-pedagogik xususiyatlarini tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli motivatsion, kognitiv, kommunikativ-faoliyatli, perseptiv-refleksiv komponentlardan iborat tanqidiy fikrlash texnologiyasi bilan interaksionizm g‘oyasi va muloqot ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini integrativ baholash algoritmlarini proektiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Rus adabiyoti propedevtik kursi” fani bo‘yicha o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0655-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish jarayoni samaradorligini oshirish uchun sharoitlar yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasi faol va interfaol o‘qitish usullari va shakllarini hisobga olgan holda o‘zaro ta’sirini tashkil etish, tanqidiy fikrlash texnologiyasini adaptiv transformatsiyalash va muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Rus adabiyotining propedevtik kursi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0655-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishni baholash mezonlari didaktik maqsadlarning asosiy va yakuniy bosqichlarning o‘zaro aloqadorligini saqlash va universalligi uyg‘unligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Rus adabiyoti propedevtik kursi” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i asosida berilgan 302-0655-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar auditoriyasini kengaytirishga sharoit yaratilgan.