Bagbekova Laylo Kadirbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ommaviy ochiq onlayn kurslar vositasida kompyuter grafikasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /Ped3269. 
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mahbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Qarlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Zaripova Dilnoza Anvarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ommaviy ochiq onlayn kurslar vositasida kompyuter grafikasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari 3D modellashtirish, kompyuterli loyihalashning zamonaviy tizimlari (CAD), kompyuter yordamida tezkor prototiplash (RP&M, SAPR) texnologiyalarini modulli ta’lim bilan uzluksiz qayta aloqasi interfaolligini muntazam ravishda hisobga olish hamda didaktik sintez imkoniyatlari, ya’ni ta’lim jarayonida interaktiv muloqot, vaqtni nazorat qilish, axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ommaviy ochiq onlayn kurslar asosida “Kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishning didaktik modelining amaliy komponenti reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik, kreativ o‘quv topshiriqlarini mobil texnologiyalar bilan adaptiv ko‘rinishda loyihalash asosida takomillashtirilgan;
ommaviy ochiq onlayn kurs raqamli o‘quv resurslarini yaratishga qo‘yiladigan majmuaviy talablar tahliliy (analysis), dizayn (design), ishlab chiqish (development), joriy etish (implementation), baholash (evalution) kabi tarkibiy asoslardan iborat pedagogik dizayn integrasiyalashuvini ta’minlash hamda  asosida takomillashtirilgan;
“Kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishning metodik asoslari ommaviy ochiq onlayn kurslarni “flipped classroom”, “task-based learning”, “project-based learning” texnologiyalariga asoslangan aralash ta’lim sharoitida intensiv joriy etish hamda kreativ va statistik ko‘rsatkichlarni faktorli tahlil o‘tkazish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar vositasida kompyuter grafikasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari 3D modellashtirish, kompyuterli loyihalashning zamonaviy tizimlari (CAD), kompyuter yordamida tezkor prototiplash (RP&M, SAPR) texnologiyalarini modulli ta’lim bilan uzluksiz qayta aloqasi interfaolligini muntazam ravishda hisobga olish hamda didaktik sintez imkoniyatlari, ya’ni ta’lim jarayonida interaktiv muloqot, vaqtni nazorat qilish, axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-384 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kompyuter grafikasi turlari, grafik muharrirlar imkoniyatlari, kompyuter grafikasini o‘qitishning pedagogik muammolarini tahlil etish asosida  “Kompyuter grafikasi” fani mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan. 
Reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik, kreativ komponentalaridan iborat topshiriqlar majmuidan tarkib topgan va masofadan turib kompyuter yoki mobil` texnologiyalari yordamida ta’lim olish imkonini beruvchi ommaviy ochiq onlayn kurs tarkibi va u asosida o‘qitishning didaktik modelini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar “Kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-384 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasida erkin muloqotni ta’minlovchi masofadan turib kompyuter va mobil texnologiyalar asosida ta’lim olish imkoni oshirilgan. 
Ommaviy ochiq onlayn kurs raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishning pedagogik dizayni analysis(tahlil), design(dizayn), development(ishlab chiqish), implementation(joriy etish), evalution(baholash) komponentalari asosida aniqlashtirish va raqamli o‘quv materiallari yaratish bo‘yicha berilgan takliflar asosida “Kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-384 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ommaviy ochiq onlayn kurslarni yaratishning pedagogik-psixologik, didaktik, metodik hamda texnik talablari asosida raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan.
 “Kompyuter grafikasi” fanini takomillashtirilgan mazmunini o‘qitish metodikasi ommaviy ochiq onlayn kurs hamda “flipped classroom”, “task-based learning”, “project-based learning” texnologiyalari asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-384 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Kompyuter grafikasi” fanini o‘qitish metodikasiga oid blimlarni takomillashtirishga sharoit yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish