Jo‘raev Bahromning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘spirinlarda huquqiy savodxonlik shakllanishining psixologik asoslari»19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.4.DSc/Psi23.
Ilmiy rahbar: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Utepbergenov Marat Allanazarovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlarda huquqiy savodxonlikning tarkibiy tuzilmasi, shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillarni empirik tadqiq etish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishning psixologik shart-sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlar va ularning yaqinlarida mulkka egalik qilish, tibbiy xizmat, ta’lim olishdagi huquqiy buzilishlarga ko‘ra inson huquqlariva huquqbuzarliklari mohiyatini, huquqqa rioya qilishning ustuvorligini anglash tufayli huquqiy muammolarni hal qilishda huquq-tartibot sohasiga murojaat qilish  hamda huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi dalillangan;
huquqiy savodxonlikning kognitiv jihatlarini ifodalanishiga ko‘ra huquqiy masuliyatni huquqiy madaniyat bilan uyg‘unlikda shakllanishiga motivatsion ta’siri tufayli o‘spirinlar «huquqiy savodxonlikni kognitiv indeksi”dagi prosotsial va asotsial xatti-harakatlarning qonuniy me’yorlarini bilishlarida jins xususiyatlari bo‘yicha differensial farqlar mavjudligi asoslangan.
huquqiy savodxonlikning kognitiv, xulqiy va baholash komponentlarini yuqori darajada shakllanganligiga ko‘ra o‘spirinlarda huquqqa ongli munosabatni, qonunchilikning ijobiy baholashni, jamiyatning huquqiy tizimiga bag‘rikenglikni shakllantirish orqali huquqiy realizm (huquqiy tolerantlik)ni kuchaytirib, huquqiy skeptisizm, huquqiy sinizm va huquqiy infantilizmni susaytirishga ta’sir etishi muhimligi asoslangan;
huquqiy ongning huquqiy savodxonlikka ta’siri natijasidahuquqiy realizm bilan o‘spirinlar huquqiy savodxonligining kognitiv, xulqiy va emotsional-baholash komponentlarini integrativ rivojlanishida kognitiv komponentlar huquqni bilishda muhim omil ekanligi isbotlangan;
o‘spirinlarda tafakkurning predmetli va belgili tiplarini rivojlanganligi induktiv va deduktiv xulosa chiqarish xususiyatlarini integrativ shakllanishi tufayli, huquqiy savodxonligi yuqori darajada bo‘lganlar muammoli vaziyatlarni hal etishda «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» emas, «eng ko‘proq maqbul yoki kam nomaqbul» tamoyiliga asoslanishlari aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.O‘spirinlarda huquqiy savodxonlik  shakllanishining psixologik asoslari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘spirinlar va ularning yaqinlarida mulkka egalik qilish, tibbiy xizmat, ta’lim olishdagi huquqiy buzilishlarga ko‘ra inson huquqlari va huquqbuzarliklari mohiyatini, huquqqa rioya qilishning ustuvorligini anglash tufayli  huquqiy muammolarni hal qilishda huquq-tartibot sohasiga murojaat qilish hamda huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi to‘g‘risidagi ilmiy  takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 17 noyabrdagi PM-16 sonli buyrug‘iga asosan «Yuridik  psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning amaliy jihatdan shaxsning huquqiy savodxonligiga doir kasbiy bilimlarini oshirishga erishilgan;
huquqiy savodxonlikning kognitiv jihatlarini ifodalanishiga ko‘ra huquqiy masuliyatni huquqiy madaniyat bilan uyg‘unlikda shakllanishiga motivatsion ta’siri tufayli o‘spirinlar «huquqiy savodxonlikni kognitiv indeksi”dagi prosotsial va asotsial xatti-harakatlarning qonuniy me’yorlarini bilishlarida jins xususiyatlari bo‘yicha differensial farqlar mavjudligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 17 noyabrdagi PM-16-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya”  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlar va o‘spirinlarda huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyat rivojlanishiga  imkoniyati yaratilgan;
huquqiy savodxonlikning kognitiv, xulqiy va baholash komponentlarini yuqori darajada shakllanganligiga ko‘ra o‘spirinlarda huquqqa ongli munosabatni,  qonunchilikning ijobiy baholashni, jamiyatning huquqiy tizimiga bag‘rikenglikni shakllantirish orqali huquqiy realizm (huquqiy tolerantlik)ni kuchaytirib, huquqiy skeptisizm, huquqiy sinizm va huquqiy infantilizmni susaytirishga ta’sir etishiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 17 noyabrdagi PM-16son buyrug‘iga assoan «Yuridik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlar va o‘spirinlarda huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyat rivojlanishiga  imkoniyati yaratilgan;
huquqiy ongning  huquqiy savodxonlikka ta’siri natijasidahuquqiy realizm bilan o‘spirinlar huquqiy savodxonligining kognitiv, xulqiy va emotsional-baholash komponentlarini integrativ rivojlanishida kognitiv komponentlar huquqni  bilishda muhim omil ekanligini tavsiflovchi xususiyatlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 17 noyabrdagi PM-16 buyrug‘iga asosan “Shaxs va shaxslararo munosabatlari psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabr`dagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlar va o‘spirinlarda huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyat rivojlanishiga  imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlarda tafakkurning predmetli va belgili tiplarini rivojlanganligi induktiv va deduktiv xulosa chiqarish xususiyatlarini integrativ shakllanishi tufayli, huquqiy savodxonligi yuqori darajada bo‘lganlar muammoli vaziyatlarni  hal etishda «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» emas, «eng ko‘proq maqbul yoki kam nomaqbul» tamoyiliga asoslanishlari aniqlangan natijalaridan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 17 noyabrdagi PM-16-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiyasi”  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-16-m-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning huquqiy savodxonlik bilan huquqiy ongningo‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi to‘g‘risidagi bilimlarini kengayishiga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish