Nasirov Djamol Shuxtarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportchi va murabbiylar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari» mavzusidagi 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P423
Ilmiy maslahatchi: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlar doktori, professor; Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sporchi va murabbiylar o‘rtasida shaxslararo munosabatlar shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganish va shu asosda tegishli amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchi va murabbiylarning o‘zaro munosabatlarini shakllanishida astenik-stenik hislarning hamkorlikdagi faoliyat motivi kuchayishiga differensial ta’siri tufayli muloqotda o‘zini-o‘zi hissiy baholash muhim ijtimoiy-psixologik omil ekanligi dalillangan; 
ustoz-shogird munosabatlarida o‘z-o‘zini xissiy baholashning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra muloqotdagi emotsional kechinmalarning sporchi-murabbiy diadasida faolyait motiv bilan integratsiyalashuvi tufayli ijtimoiy-psixologik xususiyatlar faoliyatni rivojlantiruvchi omil ekanligi isbotlangan;
sportchi-murabbiy munosabatlarini shakllanishi o‘zini-o‘zi adekvat hissiy baholashning kognitiv komponentini emotsional intellekt negizida ustuvor xarakterda ifodalanishi tufayli, affilyasiya motivlarining dinamik tarzda rivojlanishi dalillangan;
sportchi va murabbiylar o‘rtasida shaxslararo munosabatda individual-psixologik xususiyatlarni ifodalanishi ekstroversiya-introversiya jihatlarining koping xulqni motivatsion komponentiga integratsiyasi tufayli, o‘z o‘zini xissiy baholashning shakllanganligiga bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportchi va murabbiylar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar shakllanishining ijtimoiy- psixologik omillarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishi natijalari asosida:
sportchi va murabbiylarning o‘zaro munosabatlarini shakllanishida astenik-stenik hislarning hamkorlikdagi faoliyat motivi kuchayishiga differensial ta’siri tufayli muloqotda o‘zini-o‘zi hissiy baholash muhim ijtimoiy-psixologik omil ekanligi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-72-a son buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-72-a-son, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 dekabrdagi 03-01/03/14-02/8665-son ma’lumotnomalari). Natijada sportchi va murabbiylar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik samaradorlikka erishildi;
ustoz-shogird munosabatlarida o‘z-o‘zini xissiy baholashning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra muloqotdagi emotsional kechinmalarning sporchi-murabbiy diadasida faoliyat motiv bilan integratsiyalashuvi tufayli ijtimoiy-psixologik xususiyatlar faoliyatni rivojlantiruvchi omil ekanligi asoslangan tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  26 avgustdagi PM-72-a sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-72-a-son, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 dekabrdagi 03-01/03/14-02/8665-son ma’lumotnomalari). Natijada sport muasassalari uchun tayyorlanadigan maxsus amaliyotchi psixologlarda sportchilarning psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
sportchi-murabbiy munosabatlarini shakllanishi o‘zini-o‘zi adekvat hissiy baholashning kognitiv komponentini emotsional intellekt negizida ustuvor xarakterda ifodalanishi tufayli, affilyasiya motivlarining dinamik tarzda rivojlanishiga  oid  taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  26 avgustdagi PM-72-a son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-72-a-son, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 dekabrdagi 03-01/03/14-02/8665-son ma’lumotnomalari). Natijada murabbiylar va sporchilarning faoliyatida sportchi emotsional holatini boshqarish va uni engish borasidagi psixologik bilimlar bilan boyitish ta’minlangan;
sportchi va murabbiylar o‘rtasida shaxslararo munosabatda individual-psixologik xususiyatlarni ifodalanishi ekstroversiya-introversiya jihatlarining koping xulqni motivatsion komponentiga integratsiyasi tufayli, o‘z o‘zini xissiy baholashning shakllanganligiga bevosita bog‘liq ekanligini asoslovchi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  26 avgustdagi PM-72-a son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-72-a-son, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 2 dekabrdagi 03-01/03/14-02/8665-son ma’lumotnomalari). Natijada murabbiy va sportchi shaxsida paydo bo‘ladigan ziddiyatli holatlarni bartaraf etish va boshqarish ko‘nikmalari yanada oshganligi kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish