Ismatova Dilafruz Tuymuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqishlarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (o‘smirlar misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P410.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06. 
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muhiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqishlarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda korreksiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarning barqarorligini ta’minlashda o‘smirlik davrining ilk bosqichlarida o‘zini o‘zi psixologik himoya qilishning ijobiy tasavvurlar va ijtimoiy persepsiyaga identiv rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “hamkorlik” va “kelishuv” motivatsiyalarining shakllanishi ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlar guruhida ijtimoiy vaziyatga bog‘liq shaxsiy bezovtalik darajasi namoyon bo‘lishiga ko‘ra maktab bilan, o‘z-o‘ziga beradigan baho va shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanishning dinamik o‘zgarganligi tufayli nizolarning psixologik determinantlari asoslangan;
shaxsning ota - onalik roliga barqaror munosabatini ta’minlashda bolaga empatiyaviy integrativ munosabatda hissiy muloqotning differensial ifodalanishi tufayli emotsional zo‘riqishlarni oldini olishning ijtimoiy-psixologik omillari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan; 
oilaviy munosabatlardagi emotsional zo‘riqishlarni korreksiyalashda refleksiv empatiya, ijtimoiy persepsiyani rivojlanishing kommunikativ sifatlar darajasida ifodalanishi muhimligiga ko‘ra  ijtimoiy rollarni identifikatsiyalashga qaratilgan psixotexnologiyalar kombinatsiyasini qo‘llash zarurati dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy munosabatlarda emotsional zo‘riqishlarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarning barqarorligini ta’minlashda o‘smirlik davrining ilk bosqichlarida o‘zini o‘zi psixologik himoya qilishning ijobiy tasavvurlar va ijtimoiy persepsiyaga identiv rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “hamkorlik” va “kelishuv” motivatsiyalarining shakllanishi ustuvor harakterga ega ekanligi dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-77-a-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-77-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar natijasida oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlar sifat jihatdan takomillashtirilgan;
o‘smirlar guruhida ijtimoiy vaziyatga bog‘liq shaxsiy bezovtalik darajasi namoyon bo‘lishiga ko‘ra maktab bilan, o‘z-o‘ziga beradigan baho va shaxslararo munosabatlardagi xavotirlanishning dinamik o‘zgarganligi tufayli nizolarning psixologik determinantlari asoslanganligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 5210204 – Psixologiya (oila psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalaridagi mavzular mazmuniga singdirilgan. Natijada oila a’zolari o‘rtasida uchraydigan turli ko‘rinishdagi nizolar aniqlangan va korreksiya ishlari darajasini sifat jihatdan boyitilishga erishilgan;
shaxsning ota - onalik roliga barqaror munosabatini ta’minlashda bolaga empatiyaviy integrativ munosabatda hissiy muloqotning differensial ifodalanishi tufayli emotsional zo‘riqishlarni oldini olishning ijtimoiy-psixologik omillari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-77-a-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-77-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oiladagi ota-ona va o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar tizimi takomillashtirilgan;
oilaviy munosabatlardagi emotsional zo‘riqishlarni korreksiyalashda refleksiv empatiya, ijtimoiy persepsiyani rivojlanishing kommunikativ sifatlar darajasida ifodalanishi muhimligiga ko‘ra  ijtimoiy rollarni identifikatsiyalashga qaratilgan psixotexnologiyalar kombinatsiyasini qo‘llash zarurati dalillanganligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 5210204 – Psixologiya (oila psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalaridagi mavzular mazmuniga singdirilgan. Natijada oiladagi ota-ona va o‘smirlarning emotsional zo‘riqishlarini korreksiyalovchi metodik ta’minoti takomillashtirilgan va uning samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish