Djurakulova Dilfuza Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi(psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/R148.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tuychieva Saodat Meliquzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hamda uni susaytirish bo‘yicha psixokorreksion ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxslarda norozilikni keltirib chiqaruvchi aybdorlikni sababsiz ranjitish, xavotir omillarining ifodalanishiga ko‘ra shaxsiy hayot bilan bog‘liq xususiyatlarning namoyon bo‘lishida qo‘rquv, afsuslanish, pushaymonlik, vijdon azobi sifatlarini kuchayishi natijasida autoagressiya dominanta determinantalar ustivorligi asoslangan;
aybdorlik hissi tarkibiga kiruvchi diskomfort, depressiya, o‘z xatti- harakatini tahlil qilish, tuzatish istagi, ichki noqulaylik hissini namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxsning o‘z xulq-atvorini anglashi muhimligiga ko‘ra emotsional, kognitiv, motivatsion, psixosomatik komponentlarni rivojlanishi dalillangan;  
shaxsda al`truizm-egoizm, eksternal va internal shaxs tiplari orasida bog‘lanishlarning aks etishi natijasida jins tafovutlarining ahamiyatli ekanligini ifodalanishiga asoslanib tashqi omillar tendensiyasi ustunlik qilishi isbotlangan;
shaxs psixik rivojlanishiga aybdorlik hissining ta’sirini kuchayishi oqibatiga asoslanib «Kechirishni bilish ruhiy salomatlik garovi» dasturi tuzilganligiga  muvofiq emotsional boshqaruvga ega bo‘lish mexanizmlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsda aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:shaxslarda norozilikni keltirib chiqaruvchi aybdorlikni sababsiz ranjitish, xavotir omillarining ifodalanishiga ko‘ra shaxsiy hayot bilan bog‘liq xususiyatlarning namoyon bo‘lishida qo‘rquv, afsuslanish, pushaymonlik, vijdon azobi sifatlarini kuchayishi natijasida autoagressiya dominanta determinantalar ustivorligi haqidagi ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining  2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga («Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-m-sonli ma’lumotnomasi) kiritilgan. Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog - psixologlar, shaxsga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi amaliyotchi psixolog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
aybdorlik hissi tarkibiga kiruvchi diskomfort, depressiya, o‘z xatti- harakatini tahlil qilish, tuzatish istagi, ichki noqulaylik hissini namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxsning o‘z xulq-atvorini anglashi muhimligiga ko‘ra  emotsional, kognitiv, motivatsion, psixosomatik komponentlarni rivojlanishi haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi  «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-sonli buyrug‘iga asosan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan («Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-m-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur komponentlarning  qo‘llanilishi natijasida bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni shaxslararo munosabatlar psixologiyasini o‘qitishda uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan; 
    shaxsda al`truizm-egoizm, eksternal va internal shaxs tiplari orasida bog‘lanishlarning aks etishi natijasida jins tafovutlarining ahamiyatli ekanligini ifodalanishiga asoslanib, tashqi omillar tendensiyasi ustunlik qilishi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan («Psixologiya»  o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-m-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida shaxsda namoyon bo‘ladigan aybdorlik hissini ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish, uning shaxslararo munosabatlari tizimini ilmiy baholash, ob’ektiv tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan; 
    shaxs psixik rivojlanishiga aybdorlik hissining ta’sirini kuchayishi oqibatiga asoslanib «Kechirishni bilish ruhiy salomatlik garovi» dasturi tuzilganligiga  muvofiq emotsional boshqaruvga ega bo‘lish mexanizmlari haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan («Psixologiya» o‘quv-ilmiy 2022 yil 7-dekabrdagi PM-20-m-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taqdim etilgan dasturiy vositaning qo‘llanilishi natijasida bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning shaxsga psixologik xizmat ko‘rsatish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish