Orlov Sergey Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyoshli qurilmalarni kuzatish tizimlari parametrlarini asoslash va ishlab chiqish», 05.05.06–Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T415.
Ilmiy rahbar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Sirojiddin Fayozovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optik kuzatish sistemalari datchigini ishlab chiqish va turli maqsadli konsentratorlarning optik va dasturiy kuzatuv sistemalari aniqligiga qo‘yiladigan talablarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nuqtali va chiziqli quyosh nurlanishi konsentratorlarining energetik va konsentratsiyalash xarakteristikalariga kuzatish aniqligining ta’siri asoslangan va aniqlangan, quyosh o‘chog‘i konsentratorlari uchun ham kuzatishning aniqligining oqim va konsentratsiyaga ta’siri burchagi ikki daqiqadan oshiq bo‘lganda namoyon bo‘la boshlashi ko‘rsatilgan;
60 gradusgacha kuzatish maydoniga ega va farqlanish burchagi bir xil bo‘lgandagi signallar farqini maksimal ta’minlovchi optik datchikning optimal parametrlari aniqlangan;
geliostat va konsentratorlarning azimutal o‘qi vertikal bo‘lmasligini aniqlash uchun qurilma va uslub ishlab chiqilgan;
geliostat va konsentratorlarning Quyoshni kuzatish dinamikasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
Er o‘qi nutatsiyasi va impul`s momenti hamda azimutal o‘qi vertikal bo‘lmasligini hisobga oluvchi geliostat va konsentratorlarni boshqarish dasturining algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli maqsadlarda foydalaniladigan konsentrator kuzatish aniqligiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ishlab chiqish, optik va dasturiy kuzatish tizimi xatoliklarini baholashning eksperimental va hisoblash metodikalarini tadqiq qilish asosida:
quyosh nurlanishi konsentratorlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan azimutal aylanma o‘qi novertikalligini aniqlash bo‘yicha «Azimutal aylanma o‘qi novertikalligini aniqlash usuli»ga O‘zbekiston Resublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04953, 2014 yil 30 sentyabr`). Ishlab chiqilgan usulni qo‘llash Quyoshning azimut bo‘ylab ko‘rinib turgan harakatini aniq kuzatish imkonini bergan;
geliostatlar azimutal o‘qining novertikalligini aniqlash qurilmasi Materialshunoslik instituti katta Quyosh o‘chog‘i geliostatlarini geliostat azimutal o‘qlarining novertikalligini nazorat qilish; katta quyosh o‘chog‘ining Quyoshni kuzatish dinamikasini boshqaruvchi optik datchiklarni ishlab chiqish; optik sistemalarni modernizatsiya qilish; Quyoshni kuzatish geliostatlarini katta aniqlikda kuzatish dasturini ishlab chiqishda foydalinilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2018 yil 21 fevraldagi ma’lumotnomasi). Ishlanmadan foydalanish geliostatlar harakatlarini dasturli boshqarish imkonini bergan.