Qudratov Akmaljon Ibodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs ma’naviy extiyojlari transformatsiyasining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P94.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasining ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash va uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasining darajaviy ifodalanishida “ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasi”ni faoliyatda integrativ ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasi shaxs motivatsion sohasidagi xissiy komponentni o‘z-o‘ziga munosabat bilan uyg‘un holda ustuvor shaklanishi tufayli muvaffaqiyatga intilish motivining rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasining ijtimoiy-psixologik modeli ehtiyojlar ierarxiyasining xulqda dinamik ifodalanishiga asoslanib, “ilmiy-nazariy ta’minoti”, “shakllantirish ob’ekti”, “rivojlantirish omillari” komponentlarini biriktirish orqali takomillashtirilgan;
shaxs ma’naviy ehtiyojlari shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta’siriga ko‘ra fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlarning axborotga bo‘lgan talablarda differensial ifodalanishi tufayli ijtimoiy-psixologik omillarning integrativ blokli-chizmasini kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs ma’naviy ehtiyojlarini transformatsiyasining ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq etish asosida:
shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasining darajaviy ifodalanishida “ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasi”ni faoliyatda integrativ ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi dalillanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM-78-a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy ehtiyojlarni shakllantirishga bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga erishilgan;
shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasi shaxs motivatsion sohasidagi xissiy komponentni o‘z-o‘ziga munosabat bilan uyg‘un holda ustuvor shaklanishi tufayli muvaffaqiyatga intilish motivining rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida amaliyotchi psixologlarda ma’naviy ehtiyojlar transformatsiyasining aniqlashga mo‘ljallangan ilmiy-metodik ta’minotni boyitilishiga erishilgan;
shaxs ma’naviy ehtiyojlari transformatsiyasining ijtimoiy-psixologik modeli ehtiyojlar ierarxiyasining xulqda dinamik ifodalanishiga asoslanib, “ilmiy-nazariy ta’minoti”, “shakllantirish ob’ekti”, “rivojlantirish omillari” komponentlarini biriktirish orqali takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son buyrug‘iga asosan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tadbig‘i orqali markaz xodimlari va amaliyotchi psixologlar uchun postdiagnostikani to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
shaxs ma’naviy ehtiyojlari shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta’siriga ko‘ra fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyojlarning axborotga bo‘lgan talablarda differensial ifodalanishi tufayli ijtimoiy-psixologik omillarning integrativ blokli-chizmasini kiritish zarurati asoslanganligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-78-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi markazning mutaxassis psixologlarida o‘quv faoliyatidagi ma’naviy ehtiyojlarni o‘zgarishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlar va ma’naviy ehtiyojlar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarnilarini oshishiga xizmat qilgan.