Qurbonboev Azimbek Nazirboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘quv faoliyatida talabalar o‘zini o‘zi faollashtirishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘sqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Do‘smuhammedova Shoira Akbarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv faoliyatida talabalik davrida o‘zini o‘zi faollashtirishning tizimli ro‘yobga chiqarilishini belgilab beruvchi psixologik omillarni o‘rganish asosida bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishning amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda avtonomiyalarning ijtimoiy-psixologik ustanovkalarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, muloqotda o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi refleksiv baholash, o‘zini rejali boshqarish, o‘z ustida maqsadli ishlash ko‘nikmasi rivojlanishining faol fuqarolik pozisiyasi bilan uyg‘unlashishi orqali shaxs o‘z o‘zini faollashtirishining “aloqa o‘rnatish”, “muloqotdagi egiluvchanlik” komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
talabalik davrida kognitiv soha bilan bog‘liq motivlarga ustuvorlik berilishi tafakkur inersiyasini bilishga oid qadriyatlarga kreativlikni singdirish orqali bartaraf etilishi tufayli intellektual mantiqiy va intellektual evristik fikrlash xususiyatini autosimpatiya hissi bilan uyg‘un rivojlanishini ta’minlanishi asoslanilgan;
shaxsda o‘zini o‘zi faollashtirishning o‘quv faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga ta’siri natijasida bilishga oid qadriyatlarni ijodkorlikka intilish, diskursiv tafakkur bilan barqaror rivojlanishi “tanlagan sohasidan qoniqqanlik” indikatorining kuchaytirilganligi sababli talabalarda o‘qishga nisbatan refleksiv differensial munosabatning shakllanishi dalillangan;
o‘quv faoliyatida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirish uchun o‘zini o‘zi anglash, tushunish va bilish, tahlil qilish natijasida “Men”ga nisbatan konstruktiv emosional munosabatning rivojlanishiga asoslanib, motivasion refleksiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quv faoliyatida talabalar o‘zini o‘zi faollashtirishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
talabalarda avtonomiyalarning ijtimoiy-psixologik ustanovkalarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, muloqotda o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi refleksiv baholash, o‘zini rejali boshqarish, o‘z ustida maqsadli ishlash ko‘nikmasi rivojlanishining faol fuqarolik pozisiyasi bilan uyg‘unlashishi orqali shaxs o‘z o‘zini faollashtirishining “aloqa o‘rnatish”, “muloqotdagi egiluvchanlik” komponentlari ustuvor xarakterga ega ekanligini asoslashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabrdagi PM-18-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-18-m-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi faollashtirishga xizmat qiluvchi yetakchi omillarni aniqlashda “aloqa o‘rnatish”, “muloqotdagi egiluvchanlik” komponentlarining ustuvor xarakterga ega ekanligini tahlil etishga sharoit yaratilgan.
talabalik davrida kognitiv soha bilan bog‘liq motivlarga ustuvorlik berilishi tafakkur inersiyasini bilishga oid qadriyatlarga kreativlikni singdirish orqali bartaraf etilishi tufayli intellektual mantiqiy va intellektual evristik fikrlash xususiyatini autosimpatiya hissi bilan uyg‘un rivojlanishini ta’minlanishini asoslanilashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabrdagi PM-18-sonli buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-18-m-son ma’lumotnomasi). Natijada turli oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi faollashtirishining shakllanishi, o‘quv faoliyati motivatsiyasi va ta’lim jarayonidan qoniqqanlik darajasi bilan bog‘liqlik jihatlari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
shaxsda o‘zini o‘zi faollashtirishning o‘quv faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga ta’siri natijasida bilishga oid qadriyatlarni ijodkorlikka intilish, diskursiv tafakkur bilan barqaror rivojlanishi “tanlagan sohasidan qoniqqanlik” indikatorining kuchaytirilganligi sababli talabalarda o‘qishga nisbatan refleksiv differensial munosabatning shakllanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabrdagi PM-18-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-18-m-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘zini o‘zi faollashtirishning shaxs tiplaridan avtonomlik-tobelik, kasbiy yo‘nalganligi bilan bog‘liqligini aniqlash hamda shaxsda o‘zini o‘zi faollashtirishning namoyon bo‘lishi va tanlanishining tarkibiy komponentlarini tahlil qilish imkoniyati oshirilgan.
o‘quv faoliyatida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirish uchun o‘zini o‘zi anglash, tushunish va bilish, tahlil qilish natijasida “Men”ga nisbatan konstruktiv emosional munosabatning rivojlanishiga asoslanib, motivasion refleksiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 noyabrdagi PM-18-sonli buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 29 noyabrdagi PM-18-m-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi faollashtirishning yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.