Orazimbetov Ermekbay Keulimjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash an’analari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1276.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Choriev Irgash Turaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq pedagogikasi asosida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash va uni takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq pedagogikasida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash tuzilmasi,  “vatanparvarlik ong + vatanparvarlik tushuncha + vatanparvarlik xulq-atvar”  integratsiyasi tarixiylik, uzluksizlik, mantiqiylik milliy va umuminsoniy tamoyillar, vatanparvarlikni rivojlantiruvchi (vatani sevish, ona tili, millati,  milliy urf-odat va an’analariga sadoqat) omillar, vatanparvarlik taksonomiyasi va uni shakllantirish ko‘rsatkichlarining nazariy  asoslari takomillashtirilgan;
qoraqalpaq xalq pedagogikasi vositalari yordamida yoshlarda vatanparvarlik  kompetensiyalarini shakllantirish fol`klor namunalari, kognitiv, aksiologik, motivatsion, xulq-atvor komponentlar, darsdan tashqari (anjuman, uchrashuv, suhbat, baxs-munozara) ta’lim shakllari, an’anaviy va interaktiv usullar, vatanparvarlikni mustahkamlash  paradigmasi kommunikativ, kreativ, refleksiv, konstruktiv va didaktik yondashuvlar hamda pedagogik omillar asosida aniqlashtirilgan;
xalq pedagogikasida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalashda  tarixiy yondashuv, bilim, tasavvur, ong, mas’uliyat, milliy urf-odatlar, an’analar “ta’lim muassasalari–oila–mahalla” hamkorligi, ratsional, pragmatik omillar, muammoli, evristik, integratsion komponentlar, vatanparvarlikni rivojlantirishning motivatsion va adaptiv ko‘rinishlarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga doir metodik  imkoniyatlar  asoslangan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasi asosida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash natijadorligini oshirish mexanizmlari va mezonlari (mas’uliyat, burch, fidoiylik, mardlik, sadoqatlik) tajriba-sinov ishlari jarayonida, darsdan tashqari tashkil etilgan  maxsus kurs ishi mazmunida xalq ijodiyoti manbalariga kompetensiyaviy yondashuv orqali ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq pedagogikasi orqali yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash mohiyati, “vatanparvarlik ong + vatanparvarlik tushuncha + vatanparvarlik xulq-atvar”  integratsiyasi, vatanparvarlikni belgilovchi mezonlar va uni rivojlantiruvchi tasnif va tamoyillar hamda zarur hayotiy bilim, ko‘nikma, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning nazariy  asoslarini shakllantirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika  ta’lim  markazining  2022  yil  25  maydagi 01/11-02/02-750-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fani darslarida vatanparvarlik tarbiya berishga oid shakl, usullardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan; 
qoraqalpaq xalq pedagogikasida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalashga oid fol`klor namunalari, komponentlar, shakl, usul va vositalar yordamida vatanparvarlikni rivojlantirish masalalariga doir joriy qilingan ilmiy ishlar natijalaridan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» (2012–2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini, I1-XT-0-17222 «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» (2013–2014 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihasini (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filianing 2021 yil 12 oktyabrdagi 198-son ma’lumotnomasi) amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar jarayonida xalq pedagogikasi namunalaridagi yoshlarni insonparvar, mehnatsevar, odob-axloqli etib tarbiyalashdagi an’analar xaqida tadqiq etilgan materiallari loyixa ishini bajarishga xizmat qilgan;
yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalashda  tarixiy yondashuv, bilim, tasavvur, ong,  mas’uliyat, milliy qadriyatlar asosida yuksak fazilatlarni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlangan IV bandining “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi 70-maqsadi vazifalarini ishlab chiqishda  foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02/02-750-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga va ularning vatanparvarlik tushunchalarini tarixiy yondashish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasi asosida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash natijadorligini oshirish mexanizmlari va mezonlari (mas’uliyat, burch, fidoiylik, mardlik, sadoqatlik) xalq ijodiyoti  manbalariga kompetensiyaviy yondashuvlar orqali  talaba-yoshlarning vatanpavarlik haqidagi tushunchalari tajriba-sinov ishlari jarayonida darsdan tashqari tashkil etilgan  «Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash an’analari» nomli mahsus kurs ishi asosida takomillashtirilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2021 yil 3 avgustdagi 01-21-04/1408-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq pedagogikasi asosida yoshlarning axalqimizga xos milliy urf-odatlar, an’analar, ona zamin, tug‘ilgan joy, ona til, vatanga muxabbat tushunchalari samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish