Zakirxodjaev Rustam Asralovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘ruv nervi tug‘ma nuqsonlarining tashxisi va davolashga tizimli yondashuv», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib54.

Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Sun Young Jang, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Majidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Akademik S.N.Fedorov nomidagi Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy tashxislash usullarini tatbiq etish orqali ko‘ruv nervi diskining tug‘ma nuqsonlarini erta tashxislash va davolashga tizimli yondashish tizimini takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bosh miyaning ishemik gipoksiyasi, o‘tkir respirator infeksiyalar va onaning homiladorlik davridagi intoksikatsiyalari ko‘ruv nervi diski tug‘ma nuqsoni rivojlanishining asosiy sababchisi ekanligi isbotlangan;

ko‘ruv nervi diskining kolobomatoz nuqsonlari ko‘pincha o‘rta intrakranial tuzilmalar mal`formatsiyasi ko‘rinishidagi bosh miya patologiyasi bilan birga kechishi aniqlangan;

ko‘ruv nervi diski tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda kom`pyuter tomografiya va magnit rezonans tomografiyasi tekshiruvlarini o‘tkazish zarurati isbotlangan;

ko‘ruv nervi diski tug‘ma nuqsonining refraksiya nuqsonlari bilan birga kechishi va bunda, ayniqsa, ko‘ruv nervi diskining asimmetrik anomaliyalari mavjud bolalarda ko‘rish faoliyatining pasayishi ambliopiyaning rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;

ko‘ruv nervi diskining gipoplaziyalangan ikki tomonlama tug‘ma chakka dekoloratsiyasi xiazma tuzilmalari shakllanishining buzilishi bilan birga kechishining erta tashxislash mezonlari va davolash tartibi ishlab chiqilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ko‘ruv nervi tug‘ma nuqsonlarining tashxisi va davolashga tizimli yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Ko‘ruv nervi diski nuqsonlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/105-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ko‘ruv nervi diski nuqsonlarini tashxislash mexanizmlari, disk nuqsonlariga olib keluvchi sabablarni aniqlash va kasallikni boshqa ko‘ruv a’zolari kasalliklaridan ajartish hamda kasallikni oldini olish tizimini shakllantirish imkonini bergan;

«Ko‘ruv nervi anomaliyalari rivojlanishini tashxislash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/105-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ko‘ruv nervi anomaliyalarini tashxislash, kasallikning boshqa ko‘ruv tizimi kasalliklaridan farqlash va oldini olish tizimini yaratish imkonini bergan;

ko‘rish tizimi anamoliyalarni tashxislash va ularning turlarini ajaratish maqsadida «Ko‘ruv nervi anomaliyalarni rivojlanishi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/105-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tug‘ma va orttirilgan ko‘rish tizimi anomaliyalarining turlari, ularning kelib chiqish sabablari, tashxislash va samarali davolash imkonini bergan;

ko‘rish tizimi anomaliyalari va ularning rivojlanishini klinik tashxislash va davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika oftal`mologik klinik shifoxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlari oftal`mologik klinikalari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-z/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi ko‘ruv nervi diski tug‘ma nuqsonini erta tashxislashni 45%ga yaxshilash, bu esa o‘z navbatida ko‘rish faoliyatining saqlab qolinishi hamda 23%ga yaxshilanishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish