Ashirbaeva Diloram Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Koreys va o‘zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil844.
Ilmiy rahbar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kalanova Dilnoza Timurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koreys va o‘zbek tillarida murojaat birliklarining qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni, xususan, muloqotdoshlarning ijtimoiy mavqei, yoshi, jinsi, pog‘onali va o‘zaro yaqinlik munosabatlari hamda qarindoshligi singari ustuvor jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreys va o‘zbek tillaridagi murojaat birliklarining nutqdagi nominativ지명 [jimyeong], chorlash 부름 [pureum], tavsiflash특징을 서술함 [teugjingeul seosulham], perlokutiv 직접인용문 [jigjeob inyongmun], identifikativ 동일시함 [dongilsiham], emotiv 감동적인 [gamdongjeogin] va regulyativ 규제적[gyujejeok] funksiyalari aniqlanib, ularning muayyan kommunikativ vazifalarni bajarishga xizmat qilishi asoslangan;
koreys va o‘zbek tillaridagi murojaat birliklarining nutq vaziyati hamda muloqotdoshlarning ijtimoiy mavqei, yoshi, jinsi, yaqinlilik va pog‘onali munosabatlar darajasi, shuningdek, qarindoshligiga ko‘ra qo‘llanishidagi nutq samaradorligini ta’minlovchi prinsipial xususiyatlari ochib berilgan;
koreys va o‘zbek tillaridagi qarindosh-urug‘chilik, adresatning kasb-kori va lavozimi hamda antroponim murojaat birliklari singari nutqiy mavzularga ajratilib, ularning turli nutqiy vaziyatlarga ko‘ra qo‘llanilishidagi etno-madaniy jihatdan o‘xshash va nutqda qo‘llanishiga ko‘ra farqli jihatlari asoslangan;
koreys va o‘zbek tillaridagi murojaat birliklarida konnotativ ma’noning ifodalanishi va ularning har ikki xalqning o‘ziga xos dunyoqarishi, mentaliteti va milliy-madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koreys va o‘zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
koreys va o‘zbek tillarida murojaat birliklaridan nutqiy vaziyatga ko‘ra foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlaridan olingan ilmiy xulosalar asosida murojaat so‘zlarining nutqiy jarayonda pog‘onali qo‘llanilishi, murojaatlarning asimmetrik qatori, ularning hurmat kategoriyasiga ko‘ra tasnifi bilan bog‘liq materiallardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining A-1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022 yil 18 maydagi 01-04-01/1086-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tatbiqi tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalarda lingvomadaniy birliklarni tavsiflashga yordam bergan;
koreys va o‘zbek tillaridagi qarindosh-urug‘chilik, adresatning kasb-kori va lavozimi hamda antroponim murojaat birliklarining umumiy va farqli jihatlari o‘zaro taqqoslanganda olingan nazariy fikrlar asosida murojaat birliklarining qo‘llanish doirasi, pog‘onali munosabatlarda murojaatlardan foydalanish qonuniyatlari, koreys va o‘zbek diskursida murojaat birliklarining o‘xshash va farqli tomonlarini yoritishga bag‘ishlangan tahliliy fikr va nazariy xulosalardan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi xuzuridagi Koreys tili ta’lim markazida foydalanilgan (Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi xuzuridagi Koreys tili ta’lim markazi 2022 yil 26 maydagi KES-22-105-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning malaka oshirish kursini tayyorlashda hamda koreys tilidan maxsus ma’ruzalar (특강) va o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda xizmat qilgan.
murojaat birliklarining muayyan kommunikativ vazifalarni bajarishda nutqdagi turli funksiyalarni bajara olishi hamda diskurs operatori sifatida kela olishi aks etgan ilmiy qarashlar asosida o‘zbek tilidagi murojaat birliklarining tasnifi, qo‘llanilishi, ularning o‘xshash va farqli xususiyatlariga oid tadqiqot natijalaridan Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti Akademik tadqiqotlar bo‘limi loyihalari bo‘yicha 10301 «Masofaviy ta’limni tashkillashtirish va isloh qilish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti 2022 yil 8 iyundagi 10301-202000205-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti (Minzu university of China)da o‘zbek tili va madaniyatini o‘qitish hamda xitoyliklar uchun “O‘zbek tili” darsligi tayyorlashda xizmat qilgan;
koreys va o‘zbek tillaridagi murojaat birliklarida konnotativ ma’noning ifodalanishi va ularning har ikki xalqning o‘ziga xos dunyoqarashi, mentaliteti va milliy-madaniy xususiyatlariga bog‘liq ekanligini isbotlovchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oilaviy” telekanalining “Foreign language” dasturini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» DUKning 2022 yil 12 maydagi 02-02-608-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdagi koreys va o‘zbek diskursidagi murojaat birliklarining kommunikativ-funksional hamda semantik-pragmatik xususiyatlariga doir tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar eshittirishning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishini ta’minlagan.