Rajabov Alibek Xushnudbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash», 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1889.
Ilmiy rahbar: Doschanov Tangirbergen Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunboevich, iqticodiyot fanlari doktori, dotsent; Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa shahar va tumanlarini “barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” kompozit indeksini “yuqori (23,12% - 25,74%)”, “o‘rta (21,62% - 22,46%)”, “past (16,36% - 17,18%)” intervallar yordamida baholash taklif etilgan;
mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari asosida “Klasterli tahlil (Cluster analysis)” bo‘yicha o‘xshashlik darajasini “Evkilid metrikasi” yordamida (Urganch sh.), (Xiva sh.), (Urganch, Bog‘ot, Hazorasp, Shovot, Xonqa, Xiva, Qo‘shko‘pir), (Gurlan, Yangibozor, Yangiariq), (Tuproqqal’a) klasterlariga ajratish taklif qilingan;
mintaqa aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti, aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, ishsizlik darajasi omillarining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmiga qisqa muddatli (+1,21%; +2,3%; -1,15%) va uzoq muddatli (+3,9%; +6,9%; -2,6%) ustuvorlik darajasini aniqlashni ARDL modeli asosida hisoblash taklif qilingan;
mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa shahar va tumanlarini “barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” kompozit indeksini “yuqori (23,12% - 25,74%)”, “o‘rta (21,62% - 22,46%)”, “past (16,36% - 17,18%)” intervallar yordamida baholash bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 12 apreldagi “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 22 noyabrdagi 10-8119-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa shahar va tumanlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash hamda ular orasidagi tafovutlarni aniqlash imkonini bergan;
mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari asosida “Klasterli tahlil (Cluster analysis)” bo‘yicha o‘xshashlik darajasini “Evkilid metrikasi” yordamida (Urganch sh.), (Xiva sh.), (Urganch, Bog‘ot, Hazorasp, Shovot, Xonqa, Xiva, Qo‘shko‘pir), (Gurlan, Yangibozor, Yangiariq), (Tuproqqal’a) klasterlariga ajratish bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 12 apreldagi “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 22 noyabrdagi 10-8119-son ma’lumotnomasi). Ushbu usuldan amaliyotda foydalanish natijasida mintaqa shahar va tumanlarini klasterlarga (sinflarga) ajratish va ularni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti, aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, ishsizlik darajasi omillarining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmiga qisqa muddatli (+1,21%; +2,3%; -1,15%) va uzoq muddatli (+3,9%; +6,9%; -2,6%) ustuvorlik darajasini aniqlashni ARDL modeli asosida hisoblash taklifi Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 12 apreldagi “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 22 noyabrdagi 10-8119-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining kelgusidagi prognoz qiymatlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 12 apreldagi “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 22 noyabrdagi 10-8119-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasini amaliyotda qo‘llash orqali mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining o‘rta muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyati yaratilgan.