Yaxyaev Maqsud Mavlanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaylov chorvachiligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1979.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xushmatov Norqul Sa’dullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Narbaev Sharafitdin Kengeshovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi yaylov chorvachiligini rivojlantirish va tarmoq samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yaylovlar unumdorligi, mahsulotlar va xo‘jalik yuritish sub’ektlari samaradorligini oshirishni davlat tomonidan rag‘batlantirishga qaratilgan bozor talablariga mos moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlar tavsiya etilgan;
yaylov chorvachiligini rivojlantirish va soha sub’ektlari faoliyatini raqamli iqtisodiyot mexanizmlariga mos boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmat turlari ko‘rsatuvchi “Yaylov infratuzilmasini rivojlantirish markazi”ni tashkil etish, uning tarkibiy-boshqaruv tuzilmasi va moliyalashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
yaylov erlarini ikkilamchi ijaraga berish, tomonlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga asos yaratuvchi ijara shartnomalarini tuzish va elektron tarzda ro‘yxatga olish, xo‘jaliklarga ajratilgan yaylovlarning yagona bazasini yaratish maqsadida tegishli qonunchilik va huquqiy-me’yoriy hujjatlarda e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tavsiya etilgan;
yaylovlar degradatsiyasi va iqlim o‘zgarishlari sharoitida yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini inobatga olgan holda Qashqadaryo viloyati yaylov chorvachiligida go‘sht ishlab chiqarish hajmining 2026 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Yaylov chorvachiligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
yaylov chorvachiligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari hamda uni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 10 dekbardagi 3-2/1297-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda xo‘ja-liklarning o‘zaro manfaatdorlik asosidagi samarali faoliyatini ta’minlashi bilan birga, mahsulot etishtiruvchilar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalar hamda integratsiyani rivojlantirishga xizmat qilgan;
yaylov chorvachiligi sub’ektlariga, qorako‘lchilik klasterlariga xizmat ko‘rsatish, soha mutaxassislari, chorvadorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ozuqa bazasini rivojlantirishga qaratilgan taklif etilayotgan tashkiliy tuzilma Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 10 dekbardagi 3-2/1297-son ma’lumotnomasi). Mazkur markaz istiqbolda yaylov chorvachiligidagi mavjud tashkiliy muammolarni bartaraf etish orqali ishlab chiqarish samarador-ligini 15-20 foiz oshirishga zamin yaratgan;
yaylov erlarini ikkilamchi ijaraga berish, ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish, xo‘jaliklarga ajratilgan yaylovlarning yagona bazasini yuritishga oid huquqiy xujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan tegishli qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 maydagi 04/8-09-1252vx-son ma’lumot-nomasi). Natijada, yaylov chorvachiligini samarali yuritishning huquqiy asosi takomillashib, xo‘jaliklarning yagona bazasini yaratishga, ularning faoliyat natijalarini qonuniyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
yaylovlar degradatsiyasi hamda iqlim o‘zgarishlari sharoitida yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini inobatga olgan holda Qashqadaryo viloyatida yaylov chorvachiligida go‘sht ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishining 2026 yilgacha bo‘lgan prognozlari Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 10 dekbardagi 3-2/1297-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida mavjud chorva mollari bosh soni 2026 yilga borib 7657,05 ming boshni tashkil qilishi yoki 2022 yilga nisbatan 1,17 barobarga ortishi, go‘sht ishlab chiqarish hajmi esa mos ravishda 106,6 foizga ortishi prognoz qilingan.