Ergashev Jaxongir Jamoliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1071.
Ilmiy rahbar: Qaxxorov Avaz Jamolovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “KPI” baholash usuli iqtisodiy jihatdan, strategik vazifalar belgisiga ko‘ra, yoshlar tashkiloti tizimi rahbar xodimlari faoliyati samaradorligini baholashda mavjud usullarga («uch yuz otmish daraja», «maqsadlar boshqaruvi», «smart», «faoliyat davri davomida baholash», «faoliyatni baholash», «o‘z-o‘zini baholash» va b.) nisbatan samarali ekani asoslab berilgan;
rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini KPI uslubi funksiyali baholash yondashuvi iqtisodiy mezonlarga ko‘ra, Agentlik markaziy apparati rahbar xodimlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (257 ta) ijrosi “a’lo” (100% va undan yuqori), “yaxshi” (91-99%), “qoniqarli” (71-90%) va qoniqarsiz” (55-70%) yondashuvi asosida takomillashtirilgan, uni amalga oshirishning algoritmi taklif etilgan;
Yoshlar ishlari agentligi tizimi rahbar xodimlarining boshqaruv faoliyatini kompleks baholashni, jumladan baholash jarayoni bilan bog‘liq yuqori xarajatlarni kamaytirish negizida iqtisodiy samaradorlikni oshirish va baholash jarayonini raqamlashtirish modeli bo‘yicha takliflar Yoshlar ishlari agentligining “2022 yilda amalga oshiriladigan tadbirlari” tarkibiga kiritilgan;
tashkilotning strategik maqsadlari va belgilangan ustuvor vazifalari asnosida rahbar xodimlar boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmi “samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini takomillash-tirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “KPI” usuli iqtisodiy jihatdan strategik vazifalar belgisiga ko‘ra yoshlar tashkiloti tizimi rahbar xodimlari faoliyati samaradorligini baholashda mavjud usullarga (“uch yuz otmish daraja”, “maqsadlar boshqaruvi”, “SMART” va b.) nisbatan samarali ekanligi bo‘yicha taklifdan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida rahbar xodimlar faoliyati samaradorligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 27 avgustdagi 3-02-21-2180-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida yoshlar hududiy va tegishli tashkilotlarida tegishli tadbirlarning strategik maqsadlariga ko‘ra, uzviy ravishda tashkil qilinishi natijasida belgilangan maqsadlarning amalga oshirilishi bilan bir qatorda, iqtisodiy resurslardan samaradli foydalanishga xizmat qilgan;
rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini KPI uslubi funksiyali baholash yondashuvi, iqtisodiy mezonlarga ko‘ra, Agentlik markaziy apparati rahbar xodimlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (257 ta) ijrosini “a’lo” (100% va undan yuqori), “yaxshi” (91-99%), “qoniqarli” (71-90%) qoniqarsiz” (55-70%) yondashuvi asosida takomillashtirish va amalga oshirishning algoritmi bo‘yicha takliflar Yoshlar ishlari agentligining “2022 yilda amalga oshiriladigan tadbirlari” tarkibida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 27 avgustdagi 3-02-21-2180-son ma’lumotnomasi). Takliflar, jumladan tizimdagi rahbar xodimlar boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashda ular faoliyati natijalarini iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini ta’minlashga, faoliyat samaradorligini oshirishga va mavjud moliyaviy-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
Yoshlar ishlari agentligi tizimi rahbar xodimlarining boshqaruv faoliyatini kompleks baholashni, jumladan, baholash jarayoni bilan bog‘liq yuqori xarajatlarni kamaytirish negizida iqtisodiy samaradorlikni oshirish va baholash jarayonini raqamlashtirish modeli bo‘yicha takliflar Yoshlar ishlari agentligining “2022 yilda amalga oshiriladigan tadbirlari” tarkibiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 27 avgustdagi 3-02-21-2180-son ma’lumotnomasi). Takliflar, jumladan, raqamlashtirish modeli asosida Agentlik rahbar xodimlari faoliyat samaradorligini kompleks baholash orqali baholash vaqti va xarajatlarini kamaytirish, baholash shaffofligi va ta’sirchanligini yanada oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratgan;
tashkilotning strategik maqsadlari va belgilangan ustuvor vazifalari (funksiyali yondashuv) asnosida rahbar xodimlar boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmi “samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 27 avgustdagi 3-02-21-2180-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar asosida agentlik rahbar xodimlarining strategik maqsad va belgilangan ustuvor vazifalarga erishish samaradorligini 7 foizga oshirishga erishilgan.