Nishanov Murodjon Foziljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Piloroduodenal yaralardan qon ketishda xirurgik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib226.
Ilmiy rahbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kalish Yuriy Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V.Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piloroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarda taktikani takomillashtirish, yara kasalligi zamonaviy farmakoterapiyasi fonida a’zoni saqlab qoluvchi va rezeksiyali amaliyotlarning yangi texnik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi aholisida oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining tarqalishi o‘rganilib, asoratlangan piloroduodenal yaralarning klinik kechishi va asosiy tipologik xususiyatlari aniqlangan;
qon ketishi to‘xtagan piloroduodenal yaralar bilan bemorlarda amaliyotgacha bo‘lgan davrda oshqozonning kislota ishlab chiqish faoliyati va pepsinogen gomeostazining xususiyatlari, shuningdek zamonaviy farmakoterapiya fonida xirurgik amaliyotdan keyin ularning o‘zgarishi o‘rganilgan;
piloroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarni konservativ va xirurgik davolash taktikasining optimal algoritmi ishlab chiqilgan;
piloroduodenal yaralardan qon ketishda yaralarni kesib olgan holda piloroduodenoplastika bilan a’zoni saqlab qoluvchi amaliyot usuli ishlab chiqilgan;
bir qatorli gastroduodenoanastomoz bilan oshqozonning tejovchi rezeksiya usuli ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yara kasalligi bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida teshilish bilan asoratlangan ikkita lokalizatsiyali yaralarni xirurgik davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04962-son patent, 2014 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash amaliyotning juda yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda qon ketayotgan piloroduodenal yaralarda a’zoni saqlab qoluvchi amaliyotlarni bajarish va 71,1% hollarda yaxshi bevosita va uzoq muddatdagi natijalarga erishish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Oshqozon rezeksiyasi va gastroduodenoanastomozni qo‘yish usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05306-son patent, 2016 yil). Taklif etilgan usulni piloroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarda qo‘llash oshqozon-ichak tizimi bo‘ylab ovqatning tabiiy harakatini saqlab qolgan holda oshqozonning tejovchi rezeksiyasini bajarish imkonini bergan;
«Piloroduodenal yaralardan qon ketishda xirurgik taktikani tanlash» va «Piloroduodenal yaradan qon ketishlar bilan bemorlarda davolash-tashxislash taktikasi dasturi» uslubiy qo‘llanmalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 18 apreldagi 8N-r/61-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar piloroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarda davolash-tashxislash taktikasini optimallashtirish, qon ketish residivlari chastotasi va amaliyotdan keyingi asoratlar xavfi chastotasini kamaytirish imkonini bergan;
piloroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Andijon davlat tibbiyot institutining shoshilinch tibbiy yordam bilan xirurgiya bo‘limi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 1-xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 18 apreldagi 8N-r/61-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotdan olingan natijalar xirurgik davoga muhtoj bo‘lgan bemorlar sonini 31,1% dan 16% gacha kamaytirish, shoshilinch amaliyotlar bajarish zaruratini 38,4% dan 17,5% gacha qisqartirish, shuningdek kechiktirilgan amaliyotlar ulushini 25,6% dan 43,9% gacha oshirish imkonini bergan.