Usmonov Adxamjon A’zamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashkilotda xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi misolida)», 08.00.13 – «Menejment» va 08.00.10 – «Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1519.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibroximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashkilotda xodimlar boshqaruvi samaradorligi to‘g‘risida axborot beruvchi HR-metrika (HR metrics) o‘lchovi tizimidan foydalanishda yoshlar tashkilotlari faoliyat xususiyatlarini inobatga olgan holda yoshlar ishlari agentligi xodimlarini boshqarish darajasini baholash aniqligini oshirish taklifi asoslangan;
xodimlarni boshqarish samaradorligining xalqaro miqyosdagi optimal hamda milliy miqyosdagi haqiqiy darajalari (tegishli ravishda: sodiqlik ko‘rsatkichi (eNPS = 0 – 10%;13,5%), tashkilotda vakansiyalarni to‘ldirish tezligi (VTT = 26 kun; 22,5 kun), xodimlarning o‘z ish foliyatiga jalb qilinganlik darajasi (JQD = 50%; 77,4%) asosida Yoshlar ishlari agentligida xodimlarni boshqarish faoliyati takomillashtirilgan;
yoshlar tashkilotlari xodimlarini boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari tarkibiy tuzilmasida Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish sektori faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
Yoshlar ishlari agentligi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmi samaradorligining maqbul ish rejimi, lavozimda o‘sish va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlarini yaratish omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model` asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashkilotda xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tashkilotda xodimlar boshqaruvi samaradorligi to‘g‘risida axborot beruvchi HR-metrika (HR metrics) o‘lchovi tizimidan foydalanishda yoshlar tashkilotlari faoliyat xususiyatlarini ifodalovchi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni qo‘llangan holda yoshlar ishlari agentligi xodimlarini boshqarish darajasini baholash aniqligini oshirish taklifdan Yoshlar ishlari agentligi «Inson resurslarini boshqarish» bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 8 iyuldagi 4-13-23-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlikning inson resurslarini boshqarish bo‘limi ish samaradorligini oshirishga, kadrlar qo‘nimsizligini 5 foizga kamaytirishga erishilgan, xodimlar faoliyatini monitoring qilish va hisobotlar tayyorlash 2 baravarga osonlashgan;
xodimlarni boshqarish samaradorligining xalqaro miqyosdagi optimal hamda milliy miqyosdagi haqiqiy darajalari (tegishli ravishda: sodiqlik ko‘rsatkichi (eNPS = 0 – 10%;13,5%), tashkilotda vakansiyalarni to‘ldirish tezligi (VTT = 26 kun; 22,5 kun), xodimlarning o‘z ish foliyatiga jalb qilinganlik darajasi (JQD = 50%; 77,4%) asosida Yoshlar ishlari agentligida xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion tizimi faoliyatini takomillashtirish zaxiralari baholash taklifi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 8 iyuldagi 04-13/1189-son ma’lumotnomasi). Natijada, xodimlar faoliyatini tahlil qilish, ularni o‘z ish foliyatiga jalb qilinganlik darajasini hisoblash va vakansiyalar bilan ishlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, kadrlar ish yurituvida ish samaradorligining sezilarli darajada oshishiga erishilgan;
yoshlar tashkilotlari xodimlarini boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmlarini Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari tarkibiy tuzilmasida Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish sektori faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish taklifi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 8 iyuldagi 4-13-23-1800-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlikning hududiy bo‘linmalari tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish tegishli tashkilotlar orqali muvofiqlashtirilgan;
Yoshlar ishlari agentligi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari xodimlarni boshqarishning tashkiliy-motivatsion mexanizmi samaradorligining maqbul ish rejimi, lavozimda o‘sish va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlarini yaratish omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model` O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining istiqboldagi dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 8 iyuldagi 4-13-23-1800-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining istiqboldagi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.