Sapaeva Nilufar Kadambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda infratuzilmani rivojlantirish yo‘llari», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2485.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muhitdinov Xudoyor Suyunovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farhod Ozodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda infratuzilma faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ustuvor omillarni aniqlash zarurati asoslangan, natijada hududiy xususiyatlar asosida barqaror rivojlanishning internal va eksternal (internal and external) omillari aniqlangan;
Xorazm viloyatida investisiyalarni o‘zlashtirishda mavjud kapitalning ishga tushirilishi (o‘rtacha 2-3 yil) bilan undan foydalana oladigan kadrlar tayyorlash (o‘rtacha 5-6 yil) davri 2,5 marta ortda qolayotganligi bois kapital samaradorligining (Incremental Capital Output Ratio (ICOR)) ekstensiv o‘sishini bartaraf qilishda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish zaruriyati asoslangan;
tuman va shaharlarning iqtisodiy hamda tabiiy resurslariga mos infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligi xom ashyosi hamda qo‘shni viloyatlar mineral xom ashyosini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini joylashtirish bo‘yicha hududiy blok-sxema hamda sanoatning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida infratuzilmani rivojlantirish asosida ishlab chiqarish omillaridan foydalanish holatini hisobga olib, YaHM o‘sishi va uning tarkibidagi omillar yalpi unumdorligi (Total Factor Productivity)ning 2026 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyatining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ustuvor omillarni aniqlash zarurati asoslangan, natijada hududiy xususiyatlar asosida barqaror rivojlanishning internal va eksternal (internal and external) omillari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435 son qaror ijrosi bo‘yicha 399-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2022 yil 7 sentyabrdagi 10-6783-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib infratuzilma turlari tanlangan va ularni rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida investisiyalarni o‘zlashtirishda mavjud kapitalning ishga tushirilishi (o‘rtacha 2-3 yil) bilan undan foydalana oladigan kadrlar tayyorlash (o‘rtacha 5-6 yil) davri 2,5 marta ortda qolayotganligi bois kapital samaradorligining (Incremental Capital Output Ratio (ICOR)) ekstensiv o‘sishini bartaraf qilishda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 12 apreldagi “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2022 yil 7 sentyabrdagi 10-6783-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash asosida mintaqaning iqtisodiy barqarorlik darajasini ta’minlashda sanoatni tuman va shaharlar kesimida joylashtirish imkoniyatini yaratgan;
tuman va shaharlarning iqtisodiy hamda tabiiy resurslariga mos infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligi xom ashyosi hamda qo‘shni viloyatlar mineral xom ashyosini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini joylashtirish bo‘yicha hududiy blok-sxema hamda sanoatning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-son qarorining ijrosi bo‘yicha 34-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2022 yil 7 sentyabrdagi 10-6783-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida viloyat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash usuli ishlab chiqilib aholi soni va korxonalar joylashuvi darajasi bo‘yicha samarali tadqiq qilishga erishilgan;
Xorazm viloyatida infratuzilmani rivojlantirish asosida ishlab chiqarish omillaridan foydalanish holatini hisobga olib, YaHM o‘sishi va uning tarkibidagi omillar yalpi unumdorligi (Total Factor Productivity)ning 2026 yilgacha prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 12 apreldagi “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2022 yil 7 sentyabrdagi 10-6783-son ma’lumotnomasi). Mazkur model asosida Xorazm viloyatining 2022-2026 yillarda YaHMning o‘sish sur’ati 5,5 foizdan 6,8 foizgacha etishi hamda uning tarkibidagi omillar yalpi unumdorligi ham o‘suvchi tendensiyaga ega bo‘lishi aniqlangan.