Mavlanov Normo‘min Normamatovich
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlili metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt353.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi cub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlili metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavciyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditga layoqatliligini aktivlar, majburiyatlar hamda xususiy kapital bog‘liqligi tahlilini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan va shu asosida qarz beruvchi hamda kreditorlarni jalb etish imkoniyati oshirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda jalb qilinadigan maksimal kredit miqdori o‘z aylanma mablag‘lari mavjud summasini sof foydaning o‘zgarishi natijasidan oshib ketishi qarz mablag‘lari jalb qilish samarasiz ekanligi isbotlangan;
xo‘jalik yurituvchi cub’ektlarning kreditga layoqatliligi, bankrotlikni aniqlash, moliyaviy hisobot elementlarini prognozlash, faoliyat uzluksizligini baholashni kompleks tahlil platformasi ishlab chiqilgan;
real sektor ishtirokchilarining tarmoq xususiyatini to‘liqroq aks ettirishga xizmat qiluvchi nomoliyaviy (loyihani realliligi, tovarlarning raqobatbardoshlik darajasi, biznes obro‘si) ko‘rsatkichlarni kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditga layoqatliligini baholashning skoring modeli takomillashtirilgan va shu asosida kredit riskini minimallashtirish asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatlilik darajasi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarni kompleks tahlilida ballarni 2,62-3 oralig‘ida “yuqori”, 2-2,61 oralig‘ida “yaxshi”, 1,59-1,99 oralig‘ida “qoniqarli” va 1-1,58 oralig‘ida “salbiy” chegaralari doirasida baholash asosida kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi cub’ektlarning kreditga layoqatliligi tahlilini metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditga layoqatliligini aktivlar, majburiyatlar hamda xususiy kapital bog‘liqligi taxlilini hisob siyosatiga kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorini hamda «O‘zbekneftgaz» AJning hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 06/17-01-35/228-son va «O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil                     4 apreldagi 08-36-1-368-con ma’lumotnomalari). Buning natijasida, «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga kiruvchi tarmoq korxonalarda davriy moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tuzishda ko‘proq investorlar, qarz beruvchi va kreditorlar qiziqishlarini maqbullashtirishga qaratilgan hisob siyosati yo‘lga qo‘yilgan hamda ijrosini bajarishga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda jalb qilinadigan maksimal kredit miqdori o‘z aylanma mablag‘lari mavjud summasini sof foydaning o‘zgarishi natijasidan oshib ketishi qarz mablag‘lari jalb qilish samarasiz ekanligi bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati va kreditga layoqatliligini tahlil qilishda hamda AT «Aloqabank»ning «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditlash tartibi»ga kiritishda foydalanilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 4 apreldagi 08-36-1-368-con va AT «Aloqabank»ning 2022 yil                 27 iyundagi 06-09/2624-con ma’lumotnomalari). Natijada, xo‘jalik sub’ektlarning tarmoq xususiyati va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, moliyaviy barqarorligini ta’minlash, korporativ boshqaruv natijadorligini oshirish, jalb qilingan kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi cub’ektlarning kreditga layoqatliligi, bankrotlikni aniqlash, moliyaviy hisobot elementlarini prognozlash, faoliyat uzluksizligini baholashni kompleks tahlil platformasi bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar faoliyatida va AT «Aloqabank»ning «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditlash tartibi»ga kiritishda foydalanilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 4 apreldagi 08-36-1-368-con va AT «Aloqabank»ning 2022 yil                27 iyundagi 06-09/2624-con ma’lumotnomalari). Buning natijasida, platforma xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini aniq va to‘liq baholash hamda kredit riskini pasaytirish imkonini bergan;
real sektor ishtirokchilarining tarmoq xususiyatini to‘liqroq aks ettirishga xizmat qiluvchi nomoliyaviy (loyihani realliligi, tovarlarning raqobatbardoshlik darajasi, biznes obro‘si) ko‘rsatkichlarni kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditga layoqatliligini baholashning skoring modelini takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil                    6 iyuldagi PQ-307-son «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorini hamda AT «Aloqabank»ning «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi 06/17-01-35/228-son va AT «Aloqabank»ning 2018 yil 10 iyuldagi 18-12/2927-con ma’lumotnomalari). Natijada, mijozlarning kreditga layoqatliligini aniq va to‘liq baholash hisobiga kredit risklarini minimallashtirish, bank kredit portfelining yuqori sur’atda o‘sishi sharoitida uning tarkibidagi muammoli kreditlar salmog‘ini past darajada saqlab qolish shuningdek, mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash uchun talab etiladigan vaqtni va kredit ajratilishida inson omili ta’sirini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini yaratgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatlilik darajasi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarni kompleks tahlilida ballarni 2,62-3 oralig‘ida “yuqori”, 2-2,61 oralig‘ida “yaxshi”, 1,59-1,99 oralig‘ida “qoniqarli” va 1-1,58 oralig‘ida “salbiy” chegaralari doirasida baholash bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar faoliyatida hamda AT «Aloqabank»ning «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditlash tartibi»ga kiritishda foydalanilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 4 apreldagi 08-36-1-368-con va AT «Aloqabank»ning 2022 yil                27 iyundagi 06-09/2624-con ma’lumotnomalari). Buning natijasida, AT «Aloqabank» kredit portfelining yuqori sur’atda o‘sishi sharoitida uning tarkibidagi muammoli kreditlar salmog‘ini past darajada saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish