Pulatova Iroda Zokirxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy tarqalgan oshqozon saratonini exografik tashxislashga yangicha yondashuvlar», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib85.
Ilmiy rahbar: Abdixakimov Abdulla Nusratillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Sholoxov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomli Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti Oliy ta’lim Federal davlat byudjet ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: exografiyaning zamonaviy usullari kompleksini qo‘llagan holda mahalliy tarqoq oshqozon saratonini tashxislashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy tarqoq OSda o‘sma jarayoni bosqichi va tarqoqligini adekvat aniqlash imkonini beruvchi kompleks ul`tratovush (2D, 3D tartibdagi transabdominal exografiya, exodopplerografiya va kompression elastografiya) tashxislashni qo‘llash yaxshi natija berishi isbotlangan;
mahalliy tarqoq OSda regionar limfa tugunlari metastatik zararlanishi (qon oqimi tezligi ortib, rezistentlik indeksi kamayadi) differensial diagnostikasida qon tomirlar dopplerografiyasining imkoniyatlari aniqlangan;
mahalliy tarqoq OS bo‘lgan bemorlar regionar limfa tugunlarida deformatsiya koeffisientini (SR) aniqlovchi kompression elastografiya usulining ahamiyati aniqlangan va bu metastatik hamda reaktiv zararlanish o‘rtasida differensial tashxislash imkonini bergan;
OS bosqichi va tarqoqligini aniqlashda ul`tratovush angiografiyaning informativligi MSKT-angiografiya bilan qiyosiy jihatda asoslab berilgan;
mahalliy tarqoq OS kompleks nur tashxislashning taktik-tashxis algoritmi zamonaviy tekshiruvlarni qo‘shish yo‘li bilan takomillashtirilgan va qo‘llangan har bir usulning o‘rni va ahamiyati belgilangan;
mahalliy tarqoq OS o‘sish xususiyati va jarayonning mahalliy tarqoqligiga bog‘liq ravishda ul`tratovush semiotikasi detallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Exografiyaning zamonaviy usullari kompleksini qo‘llagan holda mahalliy tarqoq oshqozon saratonini tashxislashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oshqozon saratonini tashxislashda zamonaviy texnologiyalar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 noyabrdagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan qo‘llanmada mahalliy tarqoq OSda kompleks exografiyani qo‘llagan holda zamonaviy tashxislashning imkoniyatlari keltirilgan;
oshqozon saratoni bilan bemorlar diagnostikasi va olib borish taktikasi metodologiyasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 noyabrdagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar amaliyotchi radiolog-shifokor va onkologga tashxisni adekvat qo‘yish imkonini bergan va bu bemorlar guruhini olib borishning to‘g‘ri taktikasini tanlashda ko‘maklashgan;
mahalliy tarqoq OS tashxislash va davolash taktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent shahar onkologiya dispanseri va Samarqand viloyat onkologiya dispanseri amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 noyabrdagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining tatbiq etilishi OSda o‘sma jarayonining mahalliy va umumiy tarqoqlik darajasini baholash aniqligini oshirish, regionar limfa tugunlari, jigar va boshqa a’zolarga metastazlarni differensiallash va umuman tashxislash bosqichi samaradorligini 73,8% dan 89,6% gacha oshirish imkonini bergan.