Samatov San’at Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Benzal`degidning turli hosilalarini alkinillash asosida atsetilen spirtlari sintezi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K309.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turg‘unov Erxon, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: benzal`degid va uning hosilalarini fenilatsetilen bilan reaksiyasi asosida turli katalitik sistemalar yordamida atsetilen spirtlari sintez qilish, ularning kimyoviy xossalarini va qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor benzal`degid va uning molekulasida ftor, xlor, brom atomlari, nitro, alkil, alkiloksi va alkilgalogen o‘rinbosarlari saqlagan hosilalarini fenilatsetilen ishtirokida alkinillash orqali bir qancha reaksion faol markazlarga ega bo‘lgan atsetilen spirtlari sintez qilingan;
benzal`degid va uning R-almashgan hosilalarini Zn(OTf)2/TBAF·3H2O, EtMgBr/Ti(OiPr)4, BuLi/TGF kompleks katalitik sistemalar yordamida fenilatsetilen bilan nukleofil birikish reaksiyalarining borishi isbotlangan, katalizatorlarning mahsulot unumiga selektiv ta’siri, jarayonlarda qo‘shimcha reaksiyalarning borishi aniqlangan, molekulasida asimmetrik uglerod atomi saqlagan izomerlar hosil bo‘lishi va ularni ajratish usullari aniqlangan, atsetilen spirtlarini yuqori unum bilan sintez qilishning yangi usullari ishlab chiqilgan;
atsetilen spirtlarini katalitik usullarda sintez qilish reaksiya bosqichlari va mexanizmi taklif etilgan, jarayonlar eng muqobil sharoitlari hamda erituvchi, katalizator va jarayonda hosil bo‘ladigan oraliq birikmalarning reaksiya tezligiga va faollanish energiyasiga ta’siri aniqlangan, al`degidlar tabiatining jarayon borishi va mahsulot unumiga ta’sir qilish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
atsetilen spirtlarini hosil bo‘lishiga benzal`degid va uning R-almashgan hosilalarini reaksion qobiliyati, katalitik sistemalarning katalitik faolligi aniqlangan, natijalar asosida al`degid va katalizatorlarning nisbiy samaradorlik qatori ishlab chiqilgan, mahsulot unumiga turli xil omillar ta’siri aniqlangan;
atsetilen spirtlarini ochiq havoda oksidlash orqali ketonlar, turli xil tabiatga ega karbon kislotalar bilan eterifikatsiyalash orqali murakkab efirlar olingan va ularni sintez qilishning samarali usullari topilgan;
atsetilen spirtlari va ular asosida olingan birikmalarning xususiy kattaliklari aniqlangan, kvant-kimyoviy parametlari hisoblangan, tozaligi xromatografik, tuzilishi spektroskopik, tarkibi element analiz, absolyut konfiguratsiyalari optik burilish dispersiya usullarida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Benzal`degidning turli hosilalarini alkinillash asosida atsetilen spirtlari sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cintez qilingan atsetilen spirtlari “Gissarneftgaz” MCHJda neft-gaz sanoati korxonalari oqava suvlari quyqa hosil qiluvchi tuzlariga qarshi ionitlar sifatida amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” MCHJning 2022 yil 4 avgustdagi 750-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalari texnologik qurilmalarida qatlam hosil bo‘lishini o‘rtacha 70% gacha kamaytirish imkonini bergan;
cintez qilingan atsetilen spirtlari “Sho‘rtanneftgaz” UShKda tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtli birikmalarni ajratib oluvchi ingibitorlar sifatida amaliyotga joriy etilgan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2022 yil 9 noyabrdagi OP04/EM-3470-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gaz tarkibida oltingugurt va oltingugurtli birikmalar miqdori kamaygan, sifatli tabiiy gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.