Rejapova Marg‘uba Mo‘minovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning Gossyrium L turkumi madaniy navlarini dunyoviy xilma-xilligining tuzga chidamliligini ekologik-geografik baholash», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V199.
Ilmiy rahbar: Qurbanbaev Ilxam  Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Davronov Qodirjon Sotiboldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Djabborov Ibroxim Shodmonovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gossyrium L. turkumining tetraploid madaniy turlari nav xilma-xilligini fiziologik-biokimyoviy baholash, morfobiologik xususiyatlarini hamda seleksion potensialini aniqlash, g‘o‘zaning madaniy turlari genetik salohiyatini boyitish, qimmatli-xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan, sho‘rlanishga chidamli donorlar ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli ekologik-geografik guruhlardan G.hirsutum L. tetraploid turlari nav xilma-xilliklarining sho‘rlanishga chidamlilik darajalari aniqlangan;
g‘o‘za nav namunalari chigitidagi suvda eruvchi oqsillar elektroforetik tahlili natijasida tuzga chidamsiz bo‘lgan nav namunalarida molekulyar og‘irligi 23 kDa bo‘lgan qo‘shimcha komponent aniqlangan; 
qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan, ya’ni ertapishar, vegetatsiya davri 104,0-112,0 kun, 1 ko‘sakdagi paxta og‘irligi 7,0-7,5 g dan ortiq bo‘lgan, tola uzunligi 37,0-40,0 mm, tola chiqimi  40,0-44,0% gacha bo‘lgan nav namunalari ajratib olingan;
turli ekologik - geografik guruhlarning barcha nav namunalarida sho‘rlanish darajasi oshishi bilan katalaza va superoksiddismutaza (SOD) fermentlarining faolligi oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘zaning Gossirium L turkumi madaniy navlarini dunyoviy xilma-xilligining tuzga chidamliligini ekologik-geografik baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning A-842, A-2476, A-3795, A-2327 va A-2319 nav namunalari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga taqdim etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 18 avgustdagi 4/1255-1977-son ma’lumotnomasi). Natijada, genetik-seleksion tadqiqotlarda respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlari uchun moslashgan boshlang‘ich manbalarni tavsiya qilish imkonini bergan;
o‘simliklarda biotik va abiotik stress omillarga chidamlilik indikatorlari Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya institutida 2016-QNXZ-B-20 loyixasida g‘o‘za navlarining biotik stresslarga chidamliligini baholashda qo‘llanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya instituti ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning Gossypium avlodi madaniy turlarining dunyo xar-xilligini sho‘rga chidamligini baxolash imkonini bergan;
turli ekologik-geografik guruhlardan G.hirsutum L tetraploid turlaridan ajratib olingan, nav xilma-xilliklarining sho‘rlanishga chidamli hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ertapishar, vegetatsiya davri 104,0-112,0 kun, 1 ko‘sakdagi paxta og‘irligi 7,0-7,5 g dan ortiq bo‘lgan, tola uzunligi 37,0-40,0 mm, tola chiqimi 40,0-44,0% gacha bo‘lgan nav namunalari FA-F-LX-2018-256 “G‘o‘zaning dunyoviy xilma-xilligining kompleks baholash va hujjatlashtirish asosida seleksiya uchun yangi dastlabki materiallar ajratib olish” nomli loyihasi bajarilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 5 dekabrdagi  4/1255-3060-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navnamunalaridan boshlang‘ich manba sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish