Yusupova Shaxnoza Kadirjanovnaning 
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet 2- turi va surunkali yurak etishmovchiligining nozologik sintropiyasi patogenezining klinik-gormonal hamda molekulyar - genetik jihatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot va 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib191.
Ilmiy rahbar: Xujamberdiev Mamazoir Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc 04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pochinka Il`ya Grigor`evich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik, gormonal, molekulyar-genetik, epidemiologik va instrumental ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish asosida qandli diabet 2- turi bilan birgalikda kechadigan yurak etishmovchiligi prognozini boshqarish uchun optimal dasturni ishlab chiqish.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:        
Andijon viloyati aholisining qandli diabet 2 turi bilan og‘rigan bemorlarning 36,2%da chap qorinchaning turli darajadagi diastolik disfunksiyasi bilan birga surunkali yurak etishmovchiligi borligi aniqlangan;
qandli diabet bilan bog‘liq omillar (surunkali buyrak kasalligi, giperglikemiya, dislipidemiya) tekshirilayotgan bemorlar orasida keng tarqalganligi shuningdek, AG, YuIK va semizlik  bilan yuqori komorbidlik aniqlangan, bu  QD2-turi bilan hastalanagan bemorlarda SYuE  rivojlanishi uchun dahshatli xavf omillari ekanligini asoslangan;
NTproBNP va aldosteronning plazma konsentratsiyasi yurak etishmovchiligi klinik ko‘rinishlarining og‘irligi va CYuE bilan bog‘liq bo‘lgan KD 2-turi bilan kasallangan bemorlarda ChQ sistolik disfunksiyasining og‘irligi bilan teng darajada bog‘liqligi ko‘rsatildi. QD 2-turi bilan kasallangan bemorlarda CYuE preklinik diagnostikasida NTproBNP ning prognostik qiymati aniqlandi. NTproBNP va aldosteronning plazma darajasi o‘rtasida aniq to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik asoslangan;
o‘zbek populyasiyasida immun-yallig‘lanish reaksiyasi va lipid metabolizmi faollashganda murakkab ichki tarmoq o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan C174G gena IL6 T31S v gene IL1 i Ala54Thr genlar polimorfizmining genotipik variantlari tashuvchiligi va QD 2 -turi SYuE bilan birga  rivojlanishi o‘rtasida muhim assotsiativ aloqalar aniqlangan;
QD 2-turi rivojlanishida lipid almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan FABP2 genidagi Ala54Thr geni allel variantining mustaqil xavf ta’siri isbotlandi. Aksincha, QD 2-turi va SYuE shakllanishida yuqoridagi genlar yovvoyi genotipik variantlarining  himoya qiluvchi ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
QD 2-turi va SYuE  bilan kasallangan  bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini tashxislash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalariga asosida: 
qandli diabet 2-turi va surunkali yurak etishmovchiligini erta differensial tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Qandli diabet 2-turi va surunkali yurak etishmovchiligini erta differensial tashxislashda innovatsion yondashuvlar" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022 yil 20 iyundagi 08-38166-son ma’lumotnomasi) Mazkur uslubiy tavsiyanoma maqsadli guruhni erta tashxislash, ularning rivojlanishini oldini olish imkonini bergan;
qandli diabet bilan birga kechgan surunkali yurak etishmovchiligining genetik va immunologik jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Qandli diabet bilan birga kechgan surunkali yurak etishmovchiligining genetik va immunologik jihatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022 yil 20 iyundagi 08-38166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maqsadli guruhni davolash dasturini ishlab chiqish imkonini bergan;
qandli diabet 2- turi va surunkali yurak etishmovchiligining nozologik sintropiyasi patogenezining klinik-gormonal hamda molekulyar - genetik jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini Andijon, Farg‘ona va Namangan filiallarining klinik amaliyotida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi 8/360-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amalga oshirish qandli diabet 2-turi va SYuE bilan bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari diagnostikasini sezilarli darajada samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish