Valiev Odil Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Son suyagi bo‘yinchasi sinishi bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarning chanoq-son bo‘g‘imini erta endoprotezlash”, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/ Tib1339.
Ilmiy rahbar: Azizov Mirxakim Javxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Proxorenko Valeriy Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta yoshdagi bemorlarda son suyagi bo‘yinchasi sinishi bilan og‘rigan bemorlarni erta endorotezlashning taktikasini ilmiy asoslash va amalga oshirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshda son suyagi bo‘yinchasi sinishi bo‘lgan bemorlarda somatik patologiyaning komorbidlik darajasini hisobga olgan holda operativ muolajalarga ko‘rsatmalar va ularni o‘tkazishning optimal muddatlari (2-5 sutka), erta endoprotezlash taktikasi xamda bemorlarni erta vertikallashtirish va tromboembolik asoratlarning oldi olinishi ilmiy asoslangan;
densitometrik ko‘rsatkichlarga ko‘ra osteoporozning darajasi bir tomondan, ikkinchi tomondan esa bemor yoshi va jismoniy axvoli, sinish turi, jaroxatning muddati va komorbid xolati kabi mezonlardan foydalanish endoprotez elementlarini fiksatsiya usullarini tanlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
erta EP oldin va keyin son va boldir mushaklarida differensiallashgan elektromiografik ko‘rsatkichlari elektroneyrostimulyasiyaning optimal dozasini tanlash imkoniyatini yaratishi va oyoq mushaklarining faolligini oshirish, periferik qon aylanishini yaxshilanishi xamda shikastlangan oyoqning tayanch-harakat funksiyasini erta faollashtirishi isbotlangan;
bemor yoshi, tana massasi indeksi, komorbidlik indekslari (Charlson, CIRS), olingan jarohat vaqti, operatsiyaning davomiyligi, laboratoriya ko‘rsatkichlar dinamikasini hisobga olgan holda endoprotez elementlarini mahkamlashning turli xil variantlari kabi parametrlardan foydalanish tromboembolik asoratlarni rivojlanish xavfini bashorat qilishi va ularning oldini olish va davolash bo‘yicha keyingi taktikalarni aniqlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa yoshdagi son suyagi bo‘yinchasi sinishi bo‘lgan bemorlarga ChSB bo‘g‘imini erta EP taktikasini asoslash va amalga oshirish bosqichida yordam ko‘rsatishning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga asosida:
keksa yoshdagi son suyagi bo‘yinchasi sinishi bo‘lgan bemorlarda erta EP texnik va taktik jixatlarini ishlab chiqish natijalariga ishlab chiqilgan «Keksa yoshdagi son bo‘yinchasi singan bemorlarda ChSBni erta EPni qo‘llash sharoitlarida davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 12 iyuldagi 8n-z/644-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar keksa yoshdagi son suyagi bo‘yinchasi sinishi bo‘lgan bemorlarda komorbid patologiya va osteoporoz darajasini xisobga olgan xolda davolashning texnik va taktik jixatlarini yaxshilash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiallari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 noyabrdagi 08-38857-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar keksa yoshdagi son suyagi bo‘yinchasi sinishi bo‘lgan asosiy gurux bemorlarida asoratlarning 2,5-3 barobar kamayishiga imkon bergan.