Dushamov Istam To‘yiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlarda diabetik gangrenasi bor bo‘lgan bemorlarda boldir amputatsiyalarining differensiallashgan usullari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2156.
Ilmiy rahbar: Matmurotov Quvondiq Jumaniyozovich tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Tel`man To‘laganovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oyoqlar diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda yangi jarrohlik usullarini ishlab chiqish orqali boldir amputatsiyalari natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet fonida oyoqlar gangrenasi rivojlanganda boldir sohasida oyoq amputatsiyasini amalga oshirishning o‘ziga xos xusuiyatlari asoslangan;
oyoqlarning diabetik gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarning operatsiyadan keyingi davrdagi reabilitatsiyasi uchun adekvat cho‘ltoq yaratishni hisobga olgan holda boldir soxasidagi angiosomalar strukturasi ahamiyati aniqlangan;
qandli diabet fonida oyoqlar gangrenasi rivojlangan bemorlarda boldir cho‘ltog‘i tomonidan operatsiyadan keyingi asoratlar va son sohasidagi reamputatsiyalar chastotasining kamayishi bilan ishlab chiqilgan usulning samaradorligi isbotlangan;
qandli diabet fonida oyoqlarning gangrenasi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlari chastotasini kamaytirish bilan differensiatsiyalangan usulning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori amputatsiyalardan keyin oyoqlarning diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarni davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oyoq arteriyalarining variant anatomiyasi va uning revaskulyarizatsiya «Oyoq arteriyalarining variant anatomiyasi va uning revaskulyarizatsiyadagi roli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 08-35810-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar zararlangan arterial havzaga qarab, qandli diabet fonida oyoqlarning gangrenasi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash strategiyasini tanlashni optimallashtirishga imkon bergan;
oyoqlarning yuqori amputatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlarning yuqori amputatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 08-35810-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar operatsiyadan keyingi davrda cho‘ltoqning birlamchi bitishi samaradorligini oshirishga, yiringlash chastotasini, shuningdek, pastki oyoqlarning takroriy amputatsiyalari ehtimolini kamaytirishga imkon bergan;
qandli diabet fonida oyoqlarning gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining hamda Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yiringli xirurgiya bo‘limlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 08-35810-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish qandli diabet fonida oyoq amputatsiyasining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga, cho‘ltoqning operatsiyadan keyingi asoratlarini 20,9 dan 2,7% gacha kamaytirishga va tizza bo‘g‘imining saqlanish chastotasini 95,4 dan 100% gacha oshirishga imkon bergan.