Esamuratov Aybek Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanishida klinik-mikrobiologik bog‘liqliklar» 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib354.
Ilmiy maslahatchilar: Mirzaeva Mamlakat Aynakulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Abduxalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arishurov Azimjon Mirzajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanishida klinik-mikrobiologik bog‘liqliklarni aniqlash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yiringli o‘rta quloq otitining og‘ir klinik shakllari yiringdan ajratilgan mikroblar peyzajining tahliliga bog‘liqligi asoslangan;
surunkali yiringli o‘rta quloq otitida mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini baholashda stafilakkoklarning sefolosporinlar chidamliligi aniqlangan;
ilk bor surunkali yiringli o‘rta quloq otitida sitokin genlarini (TNF (G308A), IL2 (T330G), IL6 (C174G), IL10 (C592A)) polimorf variantlarga tarqalishi kasallikni kechishiga bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali yiringli o‘rta quloq otit kasalligini oldini olish va kasallikni asoratlarini kamaytirish uchun bemorlarning hayot sifatini baholash orqali yangi profilaktik yo‘nalish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanishida klinik-mikrobiologik bog‘liqligini aniqlash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanishida klinik-mikrobiologik bog‘liqligini takomillashtirish qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Surunkali yiringli o‘rta otitida tashxislash usullarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 02 fevraldagi 8n–z/96–son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklariini tashxislash samaradorligini oshirish va bemorlar samarali davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan;
o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanishida klinik-mikrobiologik bog‘liqligini takomillashtirish natijasida «O‘rta quloqning yiringli yallig‘lanish kasalliklarni davolashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 8n–z/95–son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari samarali davolash tartibini optimallashtirish iimkonini bergan;
o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanishida klinik-mikrobiologik bog‘liqligini aniqlash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shahridagi HAPPY LIFE xususiy shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 08-37538–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘rta quloqning nog‘ora bo‘shlig‘idan olingan Staphylococcus aureus (55%), fermentlanmaydigan tayoqchalar (25%), vul`gar proteylar (10%), Klebsiella pneumoniae (5%), o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari kuzatilgan bemorlar va sog‘lom kishilar orasida aniqlangan TNF (G308A), IL2 (T330G), IL6 (C174G) va IL10 (C592A) bir nukleotidli polimorfizm genlarini mavjudligi asosida o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklarining boshlanishi hamda og‘ir kechishi bilan TNF-Α (G308A) bir nukleotidli polimorfizm geni assotsiatsiyalanmasligi bilan birga IL2 (T330G) bir nukleotidli polimorfizm geni o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklarining o‘rtacha va og‘ir kechishi rivojlanishida ishtirok etishi o‘rta quloq yiringli yallig‘lanish kasalliklari shakllanish xavfini oshirishini oldini olish imkonini bergan.