Muminov Shovkat Kadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda kontrast-indusirlangan nefropatiya (prognostik va priventiv jihatlari)», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib391.
Ilmiy rahbar: Alyavi Baxrom Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ukraina TFA M.M. Amosov nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurakni ishemik kasalligi bor bemorlarda kontrast-indusirlangan nefropatiyani rivojlanishining prognozli omillarini aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligini rentgenokontrast endovaskulyar muolajalar bilan davolash natijasida buyrak struktura-funksional holatidagi fil`tratsiya tezligining pasayishi va segmentar arteriyalari sezuvchanlik indeksining ortishi kontrast-indusirlangan nefropatiya paydo bo‘lishining xavf omillari ekanligi asoslangan;
yurak ishemik kasallikli bemorlarda rentgenokontrast endovaskulyar muolajalar o‘tkazishda qandli diabetning borligi, qon zardobida xolesterinning past zichlikli lipoproteidlar fraksiyasi miqdorining ortishi va gemoglobin miqdorining pasayishi kontrast-indusirlangan nefropatiya rivojlanishining prediktorlari ekanligi asoslangan;
yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan kontrast-indusirlangan nefropatiyaga moyil bemorlarda sistolik qon bosimining yuqoriligi, yurak urish sonining ortishi, yurak etishmovchiligining aniqlanishi, endoteliy faoliyatining o‘zgarishi, chap qorinchada dilatatsiyaning o‘ta rivojlanishi va uning diastolik faoliyatining buzilishi aniqlangan;
rentgenokontrast endovaskulyar muolajalar o‘tkazishda kontrast-indusirlangan nefropatiya paydo bo‘lishi prediktorlari bu ko‘p tarmoqli stentlash, rentgenokontrast endovaskulyar muolajalar o‘tkazish jarayonining uzayishi va rentgenkontrast vositalarning miqdori kabi omillar ekanligi isbotlangan;
ilk bor rentgenokontrast endovaskulyar muolajalar o‘tkazishga tayyorlashda statinlar bilan davolash fonida N-atsetilsistein infuziyasidan foydalanish kontrast-indusirlangan nefropatiya rivojlanishida ishonchli priventiv samara berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda kontrast-indusirlangan nefropatiyani davolashda prognostik va priventiv jihatlarni ahamiyati va o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yurak ishemik kasallik bilan xastalangan bemorlarda kontrast-indusirlangan nefropatiya prediktorlari va oldini olish usullarini ishlab chiqish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 8n-8d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma yurak ishemik kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda kontrast-indusirlangan nefropatiyani erta tashxislash, kasallikni oldini olishda endovaskulyar muolajalarni olib borish va kasallikning asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
yurak ishemik kasalliklari hamda kontrast-indusirlangan nefropatiyani davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 fevraldagi 8n-z/14-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar xastalikni davolash samaradorligini oshiradi, endovaskulyar muolajalarni amalga oshirish bemorlarni kasalxonada davolanish davrini qisqartiradi, kasallik asoratlarni 19%ga kamaytirgan va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.