Xamrokulov Ulugbek Damirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p qavatli sinchli bino elementlarining kuchlanish-deformatsiyalanish holatiga bosqichma-bosqich tiklash va yuklashning ta’siri”, 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3210.
Ilmiy rahbar: Usmanov Valiaxmat Fayzillaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xodjaev Abbas Agzamovich hamda texnika fanlari doktori (PhD), dotsent Xodjaeva Zulfiya Shuxratovna. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yig‘ma-yaxlit texnologiya bo‘yicha bosqichma-bosqich barpo etiladigan ko‘p qavatli sinchli turarjoy binolar hisobiy sxemalari o‘zgarishining sinch elementlari kuchlanish-deformatsiyalanish holatiga ta’sirini aniqlash va loyihalash bo‘yicha  tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘p qavatli sinchli turar-joy binolarini bosqichma-bosqich barpo etish jarayonida sinch rigellarining yig‘ma-yaxlit konstruksiya hosil bo‘lish hisobiga, hisobiy sxemalarining o‘zgarishi asoslangan;
ko‘p qavatli sinchli turar-joy binolarini bosqichma-bosqich barpo etish jarayonida sinch elementlarining bosqichma-bosqich yuklanishidan ustunlar va rigellardagi zo‘riqishlarning qayta taqsimlanishi isbotlangan;
yaxlit rigel va ko‘p bo‘shliqli yig‘ma plitaning birga ishlashini eksperimental tadqiq etish natijalariga asosan, yig‘ma-yaxlit temirbeton elementlarni mustahkamlik bo‘yicha hisoblash uslubi takomillashtirilgan;
ko‘p qavatli sinchli turar-joy binolarini bosqichma-bosqich barpo etish jarayonini e’tiborga olgan holda, binolarning temirbeton sinchlarini loyihalash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘p qavatli binolarni yig‘ma-yaxlit texnologiya bo‘yicha barpo etishda bosqichma-bosqich tiklanishi va yuklanishini e’tiborga olish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub quyidagi loyihalarda joriy qilingan:
“Univer Pro Stile” MChJ tomonidan Samarqand shahrida barpo etilayotgan 7 qavatli temirbeton sinchli turar-joy binosini loyihalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi №09-06/94420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rigelning mustahkamligini ta’minlash uchun ishlatiladigan armatura sarfining 10,4% ga tejalishiga erishilgan;
“Me’morqurilishloyiha” MChJ tomonidan Samarqand shahrida barpo qilinadigan 7 qavatli talabalar turar-joyi binosini loyihalashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi №09-06/94420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rigel mustahkamligini ta’minlash uchun ishlatiladigan armatura sarfi 11,2% ga kamaygan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish