Musulmanov Kuvonchbek Nasrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Shahar magistral ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish usullarini takomillashtirish”, 05.09.02- «Geotexnika» (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.3.PhD/T3002
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Azizov Qudratilla Xusanovich, t.f.n., professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Qayumov Abduboqiy Djalilovich (Toshkent davlat texnika universiteti); texnika fanlari nomzodi Sattarov Alisher Abduvaxobovich (GID Tashkent direktor o‘rinbosari).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shahar ko‘chalarida transport oqimi harakati sharoitini hisobga olgan holda yo‘l harakat xavfsizligini oshirish usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar magistral ko‘chalarida transport oqimi xarakteristikalari va yo‘lning yuklanganlik darajasini hisobga olib yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qo‘rsatish qonuniyatlari aniqlangan;
avtomobil` yo‘llarini raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda YTHini elektron hisobga olish va tezkor tahlil qilish usuli takomilashtirilgan;
shahar magistral ko‘chalari tarmog‘idagi xarakat xavfsizligi va transport oqimi xarakteristikalari hamda harakat qulayligi hamda avtomobillarning atrof-muhitga ta’sirini e’tiborga olib shahar ko‘chalarining funksional tasnifi ishlab chiqilgan;
yo‘l transport hodisalari soniga, ko‘chaning uzunligi, ko‘chani kengligi, piyodalar o‘tish joylari soni, chorrahalar soni, qayrilib olish joylari soni, harakat miqdorini ta’sirini hisobga olgan holda shahar magistral ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish usuli takomillashtirilgan;
ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini ko‘rsatkichlarini yo‘l-transport hodisalarini vujudga kelishiga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olib ularni tahlil qilish va hisobga olishning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shahar magistral ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shahar magistral ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi omillarning o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati hamda shahar magistral ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini oshirishning takomillashtirilgan usuli Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 02-2954 son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘llarda harakat xavfsizligini oshishiga va YTH sonini 24 % kamaytirishga erishilgan;
shahar ko‘chalarining funksional tasnifi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 02-2954 son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini samarali tashkil etilishiga va yo‘l harakati xavfsizligini oshirilishiga hamda YTH sonini kamayishidan 1 km ko‘cha-yo‘l bo‘lagi uchun 172,764 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ishlab chiqilgan YTHni elektron hisobga olish va tezkor tahlil qilish usuli hamda YTHni sodir bo‘lishiga shahar ko‘chalari va yo‘l sharoitlarining ta’sirini hisobga oluvchi modellar Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 02-2954 son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar magistral ko‘chalarida harakat xavfsizligini oshirishga, YTH sonini kamaytirishga, ko‘cha-yo‘llarining ekspluatatsion holatini yaxshilash hisobiga transport oqimining harakat tezligini o‘rtacha 10-12 km/soatga oshirishga erishilgan.