Tursunov Xayrullo Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon-37 g‘o‘za navidan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnikasi elementlarini ishlab chiqish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx239.
Ilmiy rahbar: Xalikov Bahodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Salomov Shavkat Turobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tungushova Dilbar Abdukayumovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi «Andijon–37» g‘o‘za navini yakka qator va qo‘shqator usulida parvarishlashning resurstejamkor agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi dexqonchilik tizimida och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi «Andijon–37» g‘o‘za navidan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlovchi maqbul ekish usuli, ko‘chat qalinligi va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari aniqlangan;
yakka qator va qo‘shqator usulida ekish tuproqning agrofizikaviy va suv-fizik xossalariga ta’siri aniqlangan;
yangi «Andijon–37» g‘o‘za navini oziqlantirish me’yorlarining tuproqni agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
yangi «Andijon–37» g‘o‘za navi yakka qator va qo‘shqator usullarda ekilganda ko‘saklarining ochilishi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, paxta hosili, birinchi terim salmog‘i va paxta tolasi sifatiga ekish usuli, ko‘chat qalinligi va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi «Andijon-37» g‘o‘za navida ekish usuli, ko‘chat qalinligi va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlarini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida «Andijon–37» g‘o‘za navining maqbul ko‘chat qalinligida parvarishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar 2011–2014 yillarda Andijon viloyati, Paxtaobod tumanidagi «Tojiboy ota», «Kelajak», «Oltin» fermer xo‘jaliklarida jami 103,3 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/20-18-son ma’lumotnomasi). «Andijon-37» g‘o‘za navining ko‘chat qalinligini oshirish hisobiga gektaridan qo‘shimcha 4–5 sentner paxta hosildorligiga erishilgan;
turli ekish usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnologiyalar Bo‘z tumanidagi «Ilxomjon», «Bahodir» fermer xo‘jaliklarida 81,3 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanardagi 07/20-18-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur ekish usullarini qo‘llash bo‘yicha gektaridan 3-5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
yangi «Andijon-37» g‘o‘za navini oziqlantirish me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyalar Shahrixon tumanidagi «Obod diyor», «Guliston ravnaqi» fermer xo‘jaliklarida jami 187,2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanardagi 07/20-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur oziqlantirish me’yorlari bilan g‘o‘za parvarishlanganda gektar hisobiga 5–6 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosili olingan va rentabellik darajasi 18–20 foizni tashkil etgan.