Irisboeva Yoqutxon O‘tbosarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarning bolalar bilan o‘zaro munosabatga kasbiy pedagogik tayyorgarliklarini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3071.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy, pedagogika fanlari doktori, dotsent.   
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning bolalar bilan o‘zaro munosabatga kasbiy pedagogik tayyorgarliklarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning bolalar bilan o‘zaro munosabati hamkorlikda bajariladigan individual ta’lim traektoriyalarini qurish,  o‘z faoliyatini tahlil qila olish kompetensiyasi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bolalar bilan o‘zaro munosabatga kirishish jarayoni muloqotga oid kasbiy sifatlarni rivojlantiruvchi kommunikativ-ijodiy va kreativ qobiliyatlarni dinamik rivojlantirishga qaratilgan samarali ijodiy muloqotning natijaviy samaradorligiga xizmat qiluvchi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalar kasbiy-pedagogik tayyorgarligi variativ o‘quv dasturlarining invariativ komponent bilan integratsiyasini bolalar hayoti va salomatligining xavfsizligi hamda  intellektual darajasiga mosligini ta’minlash, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlariga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bolalar bilan shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatini rivojlantirish mezonlari kasbiy bilimlarni o‘qitishning ta’limiy didaktik funksiyalari hamda ichki integrallashuv darajasi barqarorliginining sinergetik, fenomenologik va kreativlik omillarining yaxlitligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarida aksiologik yondashuv asosida pedagogik tayyorligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
talabalarning bolalar bilan shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabati hamkorlikda bajariladigan individual ta’lim traektoriyalarini qurish,  o‘z faoliyatini tahlil qila olish kompetensiyasi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-096-son nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarning bolalar bilan munosabatida ijtimoiy-psixologik xolat moslasha olish samaradorligi oshgan; 
talabalarning bolalar bilan o‘zaro munosabatga kirishish jarayoni muloqotga oid kasbiy sifatlarni rivojlantiruvchi kommunikativ-ijodiy va kreativ qobiliyatlarni dinamik rivojlantirishga qaratilgan samarali ijodiy muloqotning mahsuldor bo‘lishiga xizmat qiluvchi topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-096-son nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarining bolalar bilan munosabatga kirishish samaradorligi ortgan;
talabalar kasbiy-pedagogik tayyorgarligi variativ o‘quv dasturlarining invariativ komponent bilan integratsiyasini bolalar hayoti va salomatligining xavfsizligi hamda  intellektual darajasiga mosligini ta’minlash, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlariga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar asosida “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-096-son nashr ruxsatnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarni yangi vaziyatlarga moslashuvchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
talabalarning bolalar bilan shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatini rivojlantirish mezonlari kasbiy bilimlarni o‘qitishning ta’limiy didaktik funksiyalari hamda ichki integrallashuv darajasi barqarorligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 martdagi 02-07-2637-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv dasturlarining invariativ komponent bilan integratsiyasini ta’minlashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish