Rahmatov Shuxrat Axatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarining innovatsion tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish mexanizmi (texnika sohasi OTMlari misolida)», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1512
Ilmiy rahbar: Nizamov Aslitdin Badreddinovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy - tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarini boshqarishda ularning innovatsion tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika sohasi oliy ta’lim muassasalari innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish shart-sharoitlari holati transformatsiyani amalga oshirishning asosiy komponentlari aks ettirilgan “5M modeli”ni oliy ta’lim muassasasida innovatsion tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha maqsadlar, mexanizm, madaniyat, malaka, mustaqillikni ta’minlovchi sharoitlarni yaratish natijasida takomillashtirish asosida yaxshilanishi asoslab berilgan; 
texnika sohasi oliy ta’lim muassasalari innovatsion tadbirkorlik faoliyatini baholash metodikasi oliy ta’lim muassasasi va uning bo‘linmalarining innovatsion tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha soddalashtirilgan integral reytingini shakllantirish imkonini beruvchi integral reyting ko‘rsatkichini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasining innovatsion tadbirkorlik faoliyati diagnostikasini oliy ta’lim muassasasining innovatsion tadbirkorlik faoliyatini baholash, oliy ta’lim muassasasi rahbari innovatsion tadbirkorlik xislatlarini baholash metodlari asosida amalga oshirish shakllari orqali texnika sohasi oliy ta’lim muassasalarini “Universitet-3.0” tizimiga samarali transformatsiyalash mexanizmi takomillashtirilgan; 
ideal rahbarga muvofiq xislatlarning real rahbar xislatlaridan farqi darajasini baholash imkonini beruvchi, rahbarning kasbiy layoqatliligini baholash formulasini tadbiq etishni amalga oshirish, xislatlar profilini qiyosiy taqqoslash orqali shakllantirish asosida texnika sohasi oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlarining innovatsion tadbirkorlik xislatlarini baholashning takomillashtirilgan metodi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika sohasi oliy ta’lim muassasalarining innovatsion tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish mexanizmlariga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
texnika sohasi oliy ta’lim muassasalari innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish shart-sharoitlari holati transformatsiyani amalga oshirishning asosiy komponentlari aks ettirilgan “5M modeli”ni oliy ta’lim muassasasida innovatsion tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha maqsadlar, mexanizm, madaniyat, malaka, mustaqillikni ta’minlovchi sharoitlarni yaratish natijasida takomillashtirish asosida yaxshilanishi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi faoliyatiga tadbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 06 oktyabrdagi 89-05-114-son ma’lumotnomasi). Natijada OTMni “Universitet-3.0” tizimiga samarali transformatsiyalashni amalga oshirish mexanizmini takomilashtirishga erishilgan; 
texnika sohasi oliy ta’lim muassasalari innovatsion tadbirkorlik faoliyatini baholash metodikasi oliy ta’lim muassasasi va uning bo‘linmalarining innovatsion tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha soddalashtirilgan integral reytingini shakllantirish imkonini beruvchi integral reyting ko‘rsatkichini aniqlash orqali takomillashtirilganligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 06 oktyabrdagi 89-05-114-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Jizzax politexnika instituti, Toshkent kemyo-texnologiya instituti va ularning bo‘limlari innovatsion tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha integral reytingini soddalashtirilgan holda aniqlashga erishilgan;
oliy ta’lim muassasasining innovatsion tadbirkorlik faoliyati diagnostikasini oliy ta’lim muassasasining innovatsion tadbirkorlik faoliyatini baholash, oliy ta’lim muassasasi rahbari innovatsion tadbirkorlik xislatlarini baholash metodlari asosida amalga oshirish shakllari orqali texnika sohasi oliy ta’lim muassasalarini “Universitet-3.0” tizimiga samarali transformatsiyalash mexanizmi takomillashtirilganligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 06 oktyabrdagi 89-05-114-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro muhandislik-texnologiya institutida institut kengashining 2020 yil 24 apreldagi 7-son majlisida tasdiqlangan Nizom asosida “Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi”, viloyat hokimligi bilan birgalikda institut kengashining 2021 yil 31 avgustdagi 2-son majlisida tasdiqlangan Nizom asosida “Iqtisodiyotda innovatsiyalar” ilmiy markazlari tashkil etilgan. Buxoro muhandislik-texnologiya institutini milliy OTMlar reytingidagi o‘rnini 28 pag‘onaga yaxshilashga erishilgan;
ideal rahbarga muvofiq xislatlarning real rahbar xislatlaridan farqi darajasini baholash imkonini beruvchi, rahbarning kasbiy layoqatliligini baholash formulasini tadbiq etishni amalga oshirish, xislatlar profilini qiyosiy taqqoslash orqali shakllantirish asosida texnika sohasi oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlarining innovatsion tadbirkorlik xislatlarini baholash metodi takomillashtirilganligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 06 oktyabrdagi 89-05-114-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbarlarning innovatsion tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha kasbiy loyiqligi aniqlangan hamda boshqaruv kadrlar zahirasini shakllantirishga erishilgan, shu bilan birga oliy ta’lim muassasasi innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid “Innovatsion tadbirkorlik faoliyati” fani magistratura mutaxassisliklar o‘quv rejalari tanlov fani blokiga kiritilgan, pirovardida “Innovatsion tadbirkorlik faoliyati” fanidan elektron darslik, “Oliy ta’lim muassasasi innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan hamda talabalar, ilmiy izlanuvchilar foydalanishi uchun tavsiya qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish