To‘raeva Umriniso Raxmatovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek jadid adabiyotini o‘rganishda Begali Qosimov tadqiqotlarining o‘rni”,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1342.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Abdug‘afurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga doir Begali Qosimov tadqiqotlarini o‘rganish, olimning mavzuga doir ilmiy izlanishlari tadrijini va o‘zbek jadidshunosligi takomilining ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdagi xizmatlarini ochib berish, olim tadqiqotlarining jadidshunoslikdagi o‘rnini belgilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Begali Qosimov ilmiy laboratoriyasining individual xususiyatlari, uning o‘zbek jadid adabiyotiga doir ilmiy-nazariy konsepsiyasi, adabiyotshunoslikka olim olib kirgan yangiliklar ochib berilgan;
adabiyotshunosning jadidchilik va jadid adabiyotiga doir tadqiqotlari - ilk, takomil va jahon adabiy harakatchiligi kontekstida tekshirilishi tarzida tadrijiy tasniflanib, har bir bosqichga xos xususiyatlar ochib berilgan;
olimning adabiy manbaga yondashuv mezonlari, uslublari hamda u asoslagan ilmiy tamoyillar adabiyotshunoslikning so‘nggi yutuqlari negizida baholangan;
Begali Qosimovning Turkiston jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga doir ilmiy ishlari mavzuga doir tadqiqotlar bilan qiyosiy-tipologik aspektda tekshirilib, ulardagi mushtarak va farqli jihatlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek jadid adabiyotini o‘rganishda Begali Qosimov tadqiqotlarining o‘rni mavzusidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Begali Qosimov ilmiy laboratoriyasining individual xususiyatlari, uning o‘zbek jadid adabiyotiga doir ilmiy-nazariy konsepsiyasi, adabiyotshunoslikka olim olib kirgan yangiliklar hamda adabiyotshunosning jadidchilik va jadid adabiyotiga doir tadqiqotlari - ilk, takomil va jahon adabiy harakatchiligi kontekstida tekshirilishi tarzida tadrijiy tasniflanib, har bir bosqichga xos xususiyatlarga doir nazariy qarashlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F-030 – «O‘zbek adabiyoti tarixi» ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish» mavzusidagi fundamental loyihada (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 15 iyundagi 04/1-2067-son ma’lumotnomasi) hamda FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017–2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil fevraldagi 17.02/02-son ma’lumotnomasi). Natijada Begali Qosimov tadqiqotlaridagi ilmiy usullar va mezonlarni aniqlashga erishilgan; 
olimning adabiy manbaga yondashuv mezonlari, uslublari hamda u asoslagan ilmiy tamoyillar adabiyotshunoslikning so‘nggi yutuqlari negizida baholanganligi Begali Qosimovning Turkiston jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga doir ilmiy ishlari mavzuga doir tadqiqotlar bilan qiyosiy-tipologik aspektda tekshirilib, ulardagi mushtarak va farqli jihatlar dalillanganligi xususidagi takliflar Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarining 2022 yil yanvar` va fevral` sonidagi ssenariysini tayyorlashda, shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» radiokanalining «So‘nmas yulduzlar», «Umrboqiy siymolar» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 apreldagi 1/84-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning bu davr adabiyoti va ijodkorlari faoliyati bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish