Oripova Nodima Xalilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Variativ modellashtirish asosida talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish nazariyasini tizimlashtirish” (Boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi misolida), 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/ Ped283.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xolmurod Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Artiqova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sallaeva Muhabbat Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi variativ modellashtirish asosida talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs e’tiqodini shakllantirish va pedagogik jarayonni variativ modellashtirish muammosi dunyoqarash va e’tiqodning bilimlarga, hissiy-emotsional tuyg‘ularga, xulosa va tajribalarga asoslangan ko‘rinishlarini shaxs qadriyatlari, ideallari, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchiga moslashtirish  asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda pedagogik e’tiqodni shakllantirish variativ modelining  jarayonli va mazmunli bloki pedagogik e’tiqodning pedagogik bilim, pedagogik sadoqat, pedagogik fidoiylik, pedagogik vijdon, pedagogik halollik, vatanparvarlik kabi mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish tizimi variativ o‘quv reja, variativ o‘quv dasturi, variativ darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda variativ o‘quv topshiriqlarini shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik, insonparvarlik, ko‘p darajalilik tamoyillari uyg‘unligi asosida aniqlashtirilgan;
talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish texnologiyalari variativ modellashtirish asosidagi didaktik jarayonning tashkiliy-metodik, psixologik-pedagogik talablari bilan talaba shaxsiga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish yondashuvlarining integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish metodikasining samaradorligi taklif etilayotgan variativ dasturning strategik  bosqichlari va taktik usullarini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga bosqichma-bosqich tatbiq etish va pedagogik jarayonda fasilitatsion natijadorlikni oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda pedagogik e’tiqodni shakllantirish va amalga oshirishga doir ishlab chiqilgan  nazariya va metodika asosida:
shaxs e’tiqodini shakllantirish va pedagogik jarayonni variativ modellashtirish muammosi dunyoqarash va e’tiqodning bilimlarga, hissiy-emotsional tuyg‘ularga, xulosa va tajribalarga asoslangan ko‘rinishlarini shaxs qadriyatlari, ideallari, o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchiga moslashtirish  asosida aniqlashtirilganiga hamda talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish tizimi variativ o‘quv reja, variativ o‘quv dasturi, variativ darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda variativ o‘quv topshiriqlarini shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik, insonparvarlik, ko‘p darajalilik tamoyillari uyg‘unligi asosida aniqlashtirilganiga oid ma’lumotlardan oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va magistrlar uchun ishlab chiqilgan “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son buyrug‘i bilan berilgan 441-001-son guvohnomasi). Natijada ushbu darslik oliy ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi aloqadorlik va uzviylikni ta’minlashga hamda  talabalar pedagogik ta’lim mazmunini boyitish imkonini bergan; 
talabalarda pedagogik e’tiqodni shakllantirish variativ modelining  jarayonli va mazmunli bloki pedagogik e’tiqodning pedagogik bilim, pedagogik sadoqat, pedagogik fidoiylik, pedagogik vijdon, pedagogik halollik, vatanparvarlik kabi mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganiga oid xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17martdagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning pedagogik bilimlari,  kompetentligi, pedagogik e’tiqodini tarixiylik va zamonaviylik tamoyillari asosida takomillashtirish imkonini bergan;
talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish texnologiyalari variativ modellashtirish asosidagi didaktik jarayonning tashkiliy-metodik, psixologik-pedagogik talablari bilan talaba shaxsiga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish yondashuvlarining integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilganiga oid xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 martdagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada didaktik jarayonning tashkiliy-metodik, psixologik-pedagogik talablari bilan talaba shaxsiga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish imkonini bergan; 
talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish metodikasining samaradorligi taklif etilayotgan variativ dasturning strategik  bosqichlari va taktik usullarini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga bosqichma-bosqich tatbiq etish va pedagogik jarayonda fasilitatsion natijadorlikni oshirish asosida takomillashtirilganiga oid xulosalardan oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va magistrlar uchun ishlab chiqilgan “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son buyrug‘i bilan berilgan 441-001-son guvohnomasi). Natijada ushbu darslik oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonga nisbatan mas’uliyati, qiziqishi va pedagogik e’tiqodining yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish