Xujamkulova Maxbuba Bobonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Sodda gapda kommunikatsiya va pragmatika munosabati”, 10.00.01 –O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2053.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Guli, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida sodda gapning kommunikativ turlarini  nutqiy akt, deyksis, presuppozisiya va tagma’no tushunchalari orqali pragmatik xususiyatini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommunikatsiyaning tadqiq ob’ekti nutqiy muloqot, pragmatikaning tadqiq ob’ekti nutqiy vaziyat ekanligi ochib berilib, kommunikativ tiplar pragmatik aspektda uch xil (axborot uzatish mazmunini ifodalovchi pragmatik birliklar, axborot olish mazmunini ifodalovchi pragmatik birliklar, harakatga undovchi pragmatik birliklar) yo‘l bilan tasniflanishi  aniqlangan; 
nutqiy akt nazariyasi asosida ifoda maqsadiga ko‘ra sodda gaplarning verdiktiv, vomissiv, bexabitiv,  konflektiv, espressiv, deklarativ kabi pragmatik ma’nolari  mavjudligi asoslangan;
sodda gaplarning pragmatik xususiyatlarini ochib beruvchi  presuppozisiyaning lingvistik vositalar  (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar ) yordamida tahlil etilishi, tagma’noning kontekst (matn, sintaktik butunliklar) orqali aniqlanishi isbotlangan;
o‘zbek tilida darak, so‘roq, buyruq gaplar deyksisning mazmuniy jihatlari shaxs deyksisi, zamon deyksisi, makon deyksisi, diskurs deyksisi, sotsial deyksis orqali  pragmatik aspektda dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sodda gapning kommunikativ va pragmatik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kommunikativ aspektning tadqiq ob’ekti nutqiy muloqot ekanligi  va pragmatik aspektning tadqiq ob’ekti nutqiy vaziyat ekanligi, shuningdek,   darak, so‘roq, buyruq gaplarning yangi yo‘nalishda uch xil tasniflanishi xulosalardan sodda gapda kommunikatsiya va pragmatika munosabati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gymanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2021-2022 yillarda olib borilgan FA-Fl-GOOZ-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental-ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2022 yil 14 martdagi 17.01/52-son ma’lumotnomasi). Natijada til birliklarida kommunikatsiya va pragmatika munosabatini aniqlash, darak, so‘roq, buyruq, emotsional gaplarning o‘ziga xos pragmatik qiymatini belgilash asosida ijtimoiy hayotdagi shaxslararo kommunikativ munosabat masalalari ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
darak, so‘roq, buyruq gaplarning nutqiy akt nazariyasi bo‘yicha bir nechta turlaga ajratilishi, deyksis tushunchasi asosida ma’noviy guruhlarga bo‘linishi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FAAl-G007-raqamli “Qoraqalpok naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy-ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2022 yil 14 martdagi 17.01/54-son ma’lumotnomasi). Natijada sodda gaplarning semantik, pragmatik tahlili asosida halq ma’naviy merosi bo‘lgan naql va maqollarda ifodalangan mazmunni anglash va ular orqali kishilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga erishilgan;
presuppozisiyaning lingvistik vositalar  (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar ) yordamida tahlil etilishi, tagma’no kontekst (matn, sintaktik butunliklar) orqali aniqlanishi kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi 2022 yil 16 martdagi 06-31-470-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida ishtirokchilarning kommunikativ maqsadi va pragmatik munosabatini yoritishda teleko‘rsatuv materiallari ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish