Shovdirov Sunnat Aslanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2402.
Ilmiy rahbar: F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Sayfullo Fayzullaevich, pedagogika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni shakllantirishning emotsional-hissiy, kognitiv, perseptiv, kreativ komponentlari tasviriy san’at tili qonun-qoidalarini bilish (tekislikdagi narsa-buyumlarning haqiqiy shakllari tasvirini yaratish), maxsus (grafik va rang-tasvirga oid) ko‘nikmalarni qat’iy o‘zlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat tuzilmasi integrativligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishga qo‘yiladigan didaktik talablar o‘quvchilarning tasviriy san’atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), janrlari (portret, manzara, natyurmort, maishiy, marinistik, animalistik, batal) bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat tajribasini artpedagogika asoslangan metodika orqali faollashtirish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirish modelining amaliy komponenti badiiy-estetik idrok, tahlil qilish va baholash, badiiy-ijodiy tasavvur kabi taksonomik maqsadlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarga asoslangan qayta aloqasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni shakllantirishning rangshunoslikka oid bilimlarga ega bo‘lish, yorqin fikrlashni rivojlantirish, o‘qitishning noan’anaviy modellaridan foydalanish, o‘quvchilarning tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarini shakllanganligini baholash parametrlarini belgilash kabi metodik shart-sharoitlari estetik ehtiyoj interiorizatsiyasining tashqi namoyon bo‘lish darajasi barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirish modelining amaliy komponentini badiiy-estetik idrok, tahlil qilish va baholash, badiiy-ijodiy tasavvur kabi taksonomik maqsadlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarga asoslangan qayta aloqasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining P3-2014-0829151412 “Tasviriy san’at ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” (2014-2015 yy.) amaliy loyihasining tasviriy san’at ta’limining shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida didaktik loyihalash qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 apreldagi 02-07-1047/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyalari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni shakllantirishning rangshunoslikka oid bilimlarga ega bo‘lish, yorqin fikrlashni rivojlantirish, o‘qitishning noan’anaviy modellaridan foydalanish, o‘quvchilarning tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarini shakllanganligini baholash parametrlarini belgilash kabi metodik shart-sharoitlarini estetik ehtiyoj interiorizatsiyasining tashqi namoyon bo‘lish darajasi barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining P3-2014-0829151412 “Tasviriy san’at ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” (2014-2015 yy.) amaliy loyihasining tasviriy san’at ta’limiga integrativ yondashuvni joriy etishning metodik asoslarini takomillashtirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 apreldagi  02-07-1047/04 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishda artpedagogikadan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish