Sodiqova Dilorom Tursunovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muslihabegim Miskin she’riyati poetikasi”,  10.00.02 – o‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil1714.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Urlovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori (DSc),  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Muslihabegim Miskinning biografiyasi yaratish, devonlarining janriy xususiyatlarini va poetik mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muslihabegim Miskinning O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutida xazinasida 972/1, 1962, 1277 inventar` raqamlari ostida saqlanayotgan devonlarining tarkibiy tuzilishi tavsiflanib, shoira she’riy merosining hajmi, undagi lirik janrlarning adadi va har bir janrdagi she’rlarining miqdori aniqlangan;
Muslihabegim Miskinning tarjimai holi, jumladan, shajarasi, tavallud manzili, turmush o‘rtog‘i, ikki o‘g‘il, bir qizi va ularning taqdiri, shoiraning tez-tez ziyoratda bo‘lib turgan qadamjolari, XIX asr Buxoro adabiy muhitida shakllanib, sohibdevon zullisonayn shoira bo‘lib etishi, «Miskin» taxallusi bilan ijod etishi, e’tiqodiy qarashlarining shakllanish omillari kabi muhim jihatlar o‘zining she’riy merosi misolida ochib berilgan;  
shoiraning mumtoz lirikaning 11 janridagi she’rlari, g‘azal va uning kengaytirilishidan hosil bo‘lgan janrlar (g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, mustasne’, muashshar, tarje’band) va boshqa lirik janrlar (ruboiy, fard, soqiynoma, masnaviy) tarzida tasniflanib, shoira she’riyatining mavzular, obrazlar olami, uning g‘azal, mustazod, muxammas, tarje’band, soqiynoma, ruboiy, mulamma’ she’rlar va she’riy hikoyat yaratishdagi badiiy mahorati ochib berilgan;
shoiraning istiora, tashbeh, tansiq-us-sifot, so‘z takroriga asoslangan badiiy san’atlar va ta’diddan foydalanishdagi badiiy mahorati, musajja’ g‘azallar bitishdagi o‘ziga xosliklari baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muslihabegim Miskin she’riyati poetikasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Muslihabegim Miskinning O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutida xazinasida 972/1, 1962, 1277 inventar` raqamlari ostida saqlanayotgan devonlarining tarkibiy tuzilishi tavsiflanib, shoira she’riy merosining hajmi, undagi lirik janrlarning adadi va har bir janrdagi she’rlarining miqdori haqidagi materiallar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda  bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va O‘zRFA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 2 iyundagi 17.01/84-ma’lumotnomasi). Natijada shoira murojaat etgan mumtoz lirik janrlar: g‘azal, ruboiy, fard, soqiynoma, mustazod, muxammas, mustasne’, muashshar, she’riy hikoyatlarining o‘ziga xosligini yoritish, an’anaviy g‘azalnavislik va Miskin she’riyatidagi mulamma’, musajja’ g‘azallarda mumtoz an’analarning davom ettirilishi va ijodiylikni aniqlashtirish, Miskin she’riyatidagi 4 misrali soqiynoma-masnaviylarda yassaviyona ohanglarning badiiy ifodasini dalillash, Miskin ijodida payg‘ambarlar obrazi vositasida fol`klor motivlaridan ijodiy foydalaniishdagi shoiraning badiiy mahoratini asoslash, tariqat pirlari obrazlariga xos xalqchil qarashlarning shoira she’riyatidagi badiiy ifodasini yoritishga erishilgan;
Muslihabegim Miskinning tarjimai holi, jumladan, shajarasi, tavallud manzili, turmush o‘rtog‘i, ikki o‘g‘il, bir qizi va ularning taqdiri, shoiraning tez-tez ziyoratda bo‘lib turgan qadamjolari, XIX asr Buxoro adabiy muhitida shakllanib, sohibdevon zullisonayn shoira bo‘lib etishi, «Miskin» taxallusi bilan ijod etishi, e’tiqodiy qarashlarining shakllanish omillari kabi muhim jihatlar o‘zining she’riy merosi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom  Buxoro», «Zamondosh» ko‘rsatuvlarida foydalanigan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 fevraldagi 1/43-son ma’lumotnomasi). Natijada shoira ijodidagi falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy qarashlar, mavzular olami, shu bilan birga,  shoira qoldirgan adabiy meros hajmi, murojaat qilgan adabiy janrlar, XIX asr adabiyotidagi zullisonaynlikning xos xususiyatlari, shoiraning ikki til nafosatidan foydalanish mahorati, badiiy san’atkorlik salohiyati borasidagi ma’lumotlar asosida ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommaboplik xususiyati orttirilgan;
shoiraning mumtoz lirikaning 11 janridagi she’rlari, g‘azal va uning kengaytirilishidan hosil bo‘lgan janrlar (g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, mustasne’, muashshar, tarje’band) va boshqa lirik janrlar (ruboiy, fard, soqiynoma, masnaviy) tarzida tasniflanib, shoira she’riyatining mavzular, obrazlar olami, uning g‘azal, mustazod, muxammas, tarje’band, soqiynoma, ruboiy, mulamma’ she’rlar va she’riy hikoyat yaratishdagi badiiy mahorati hamda shoiraning istiora, tashbeh, tansiq-us-sifot, so‘z takroriga asoslangan badiiy san’atlar va ta’diddan foydalanishdagi badiiy mahorati, musajja’ g‘azallar bitishdagi o‘ziga xosliklari bo‘yicha taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170927147–«Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi»  mavzusidagi amaliy loyihasining uchinchi bosqichidagi rejalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 11 apreldagi 04/1-648-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asrda Buxoroda yashagan, zullisonayn shoira Muslihabegim Miskin she’riyati uchun XIII asrgacha yaratilgan turkiy yozma manbalarning muhim g‘oyaviy-adabiy sarchashma bo‘lganligi, xususan, uning g‘azal, ruboiy, soqiynoma, mustazod, muxammas, mustasne’, muashshar, she’riy hikoyat singari janrlaridagi ijod namunalarida yassaviyona g‘oya va motivlardan ijodiy foydalanilganligi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish