Eshmurodova Zarifa Raxmonberdievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek dostonlarida etnomadaniyatga xos leksemalarning qiyosiy tadqiqi (“Chanson de Roland” va “Alpomish” dostonlari materiali asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil618
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped 83.01. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxamedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Sadoqat Toshpo‘latovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek fol`klor asarlari etnografiyasini tadqiq etish orqali etnomadaniy leksemalarning matnlarda qo‘llanishi, uslubiy imkoniyatlaridagi o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek xalqlari urf-odat, ma’naviy qadriyatlarining jangda miniladigan otga nom qo‘yish, qurol-yaroqni nomlash kabi o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilohiy kuchlarga ishonish, to‘y va aza udumlari singari o‘xshash jihatlari ochib berilgan;
fransuz va o‘zbek tilining etnomadaniy leksikasi tarkibidagi fitonimlar, zoonimlar, oykonimlar va toponimlarning tuzilishi mahalliy aholining milliy-madaniy turmush tarzi, urf-odatlari hamda an’analariga mos ravishda tarkib topganligi dalillangan;
moddiy va ma’naviy madaniyatga oid etnomadaniy leksemalarning kiyim-kechak, musiqa asboblari, hayvon va o‘simlik nomlanishi kabi etnolingvistik, jangovor otlar nomlari, qurol-aslaha nomlari kabi etimologik, maishiy urf-odatlar, o‘lpon berish, soliq solish nomlari tahlilidagi leksik-semantik xususiyatlar ochib berilgan;
qiyoslangan dostonlar matnida uchraydigan etnomadaniy leksikaning nutqiy iste’moldagi xo‘jalik, o‘simlik, hayvon, qush nomlariga oid lug‘aviy va ijtimoiy tartibini ifodalovchi leksemalarga xos semantik xususiyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek dostonlarida etnomadaniyatga xos leksemalarning qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fransuz va o‘zbek xalqlari urf-odat, ma’naviy qadriyatlarining jangda miniladigan otga nom qo‘yish, qurol-yaroqni nomlash kabi o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilohiy kuchlarga ishonish, to‘y va aza udumlari singari o‘xshash jihatlari ochib berilishi haqidagi ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 23 dekabrdagi 17.01/235-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha doirasida tayyorlangan o‘zbek urf-odat mikromaydonining qiyosiy, umumiy-leksik tizimdagi o‘rnini belgilash va uning soha leksikasiga mansubligini ko‘rsatishga doir ilmiy maqolalar hamda matn va tilshunoslik haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
fransuz va o‘zbek tilining etnomadaniy leksikasi tarkibidagi fitonimlar, zoonimlar, oykonimlar va toponimlarning tuzilishi mahalliy aholining milliy-madaniy turmush tarzi, urf-odatlari va an’analariga mos ravishda tarkib topganligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: «Computational linguistics at Central Asian universities» innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 20 apreldagi 967/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida shakllantirilgan elektron platformada o‘zbek xalq dostonlarining etnografik lug‘atini tuzishda va o‘zbek lug‘atshunosligi tizimida kompyuter yordamida tuzilgan lug‘atlarning o‘rni va afzalliklari amalda isbotlab berish hamda uning soha leksikasiga mansubligini yoritishga xizmat qilishiga erishilgan;
moddiy va ma’naviy madaniyatga oid etnomadaniy leksemalarning kiyim-kechak, musiqa asboblari, hayvon va o‘simlik nomlanishi kabi etnolingvistik, jangovor otlar nomlari, qurol-aslaha nomlari kabi etimologik, maishiy urf-odatlar, o‘lpon berish, soliq solish nomlari tahlilidagi leksik-semantik xususiyatlar ochib berilganligi hamda qiyoslangan dostonlar matnida uchraydigan etnomadaniy leksikaning nutqiy iste’moldagi xo‘jalik, o‘simlik, hayvon, qush nomlariga oid lug‘aviy va ijtimoiy tartibini ifodalovchi leksemalarga xos semantik xususiyatlar aniqlanganligi haqidagi xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 23 dekabrdagi 17.01/235-son ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz va o‘zbek urf-odatlarning semantik tarkiblarini aniqlash hamda ularni voqelantiruvchi lisoniy birliklarni tizimlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar ishlab chiqilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish