Djabbarova Shoira Baltaevnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (o‘zbek, ingliz va rus matbuoti misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1224.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Sobirova Zarnigor Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosma mediadiskursda o‘zbek muqobilsiz leksikasining ingliz va rus tillarida voqelanishi, realiya turlari, roli, tarjimada berilishini hamda milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek davriy jurnalictikaci dickurcida muqobilciz lekcikaning ingliz va ruc matbuotida voqelanishi axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari axborot mazmuni bilan bog‘liqligi aniqlanib, muqobilsiz leksika publisistik uslubning jurnalistik matn yaratishda muhim elementi ekanligi asoslangan;
o‘zbek muqobilciz lekcikacining ingliz va ruc tillariga nicbatan madaniy komponentining bocma mediadickurcda namoyon bo‘lishi, ularning ctruktur jihati hamda mahalliy hayotni yoritishda realiyalarning turlari (onomactik, → ijtimoiy – ciyociy → etnografik) hamda milliy-madaniy kodni namoyon etuvchi vosita ekanligi hamda o‘zida milliy axboriy belgilarni aks ettirishi dalillangan;
ingliz va rus matbuotida o‘zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy hayot tarzi (ingliz: 22 %, rus: 30 %), urf-odatlari (ingliz: 23 %, rus: 28 %), milliy taomlar (ingliz: 30 %, rus: 38 %), milliy predmetlar (ingliz: 30 %, rus: 35%), liboslar va zargarlik buyumlari (ingliz: 29%, rus: 33 %), bino-inshootlar (ingliz: 35 %, rus: 37%), milliy musiqa va raqslar (ingliz: 25%, rus: 35 %), milliy bayramlar (ingliz: 26%, rus: 30 %) ni aks ettiruvchi o‘zbek realiyalarining berilishida miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘zbek muqobilsiz leksikasining lingvokul`turema sifatidagi maqomi ingliz va rus mediamatnida borliqni aks ettiruvchi o‘z lisoniy manzarasini yaratishi hamda madaniyatdagi qadriyatlar tizimi asosida realiyalar etnos va tilning tarixiy taraqqiyoti natijasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Matbuotda diskursiv tahlil asosida muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek davriy jurnalictikaci dickurcida muqobilciz lekcikaning ingliz va ruc matbuotida voqelanishi axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari axborot mazmuni bilan bog‘liqligi aniqlangan hamda muqobilsiz leksika publisistik uslubning jurnalisik matn yaratishda muhim elementi ekanligiga oid yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-GOO2 raqamli “Zamonaviy qoraqalpoq tilidagi funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 28 martdagi 17.01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va ruc matbuotida o‘zbek muqobilciz lekcikacining ifodalanishi tahlilidan foydalanish acocida loyihaning liconiy faktlar bilan dalillanish darajaci ortgan;
o‘zbek muqobilsiz leksikasining lingvokul`turema sifatidagi maqomi ingliz va rus mediamatnida borliqni aks ettiruvchi o‘z lisoniy manzarasini yaratishi hamda madaniyatdagi qadriyatlar tizimi asosida realiyalar etnos va tilning tarixiy taraqqiyoti natijasi ekanligi isbotlanganliga oid yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2019 yilda nashr etilgan “Jurnalistika sohasida 10 tomlik qo‘llanma”ning “Medialingvistika va tahrir” nomli kitobi (3-jildi)da foydalanilgan (Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 8 iyundagi 6-2280-son ma’lumotnomasi). Natijada medialingvistikaning tadqiq ob’ektlari, mediamatnga qo‘yiladigan talablar bilan bog‘liq o‘rinlar mukammallashgan.