Aytmuratov Rinat Baxitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston huquqiy tizimining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari», 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu322.
Ilmiy rahbar: Reymova Zuxra Abatbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Said-Gazieva Nilufarxon Sherzodovna, yuridik fanlar doktori; Hamidova Mahbuba Alijanovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston huquqiy tizimining shakllanishi va rivojlanishining asoslarini, mohiyatini, tuzilishining asosiy elementlariga oid muammolar va ularning echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi” tushunchasini huquqiy kategoriya sifatida konstitusion norma darajasida mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan;
qonun hujjatlari normalari darajasida tartibga solinadigan masalalarni qonunosti hujjatlari bilan belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi tartibini joriy qilish zarurligi asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qabul qilingan qonunlar Qoraqalpog‘istondagi rasmiy manbalarda e’lon qilinishi orqali yuridik kuchga ega bo‘lishi asoslab berilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi tartibi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan tashqari alohida tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish zarurligi asoslantirib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi” tushunchasini huquqiy kategoriya sifatida konstitusion norma darajasida mustahkamlashga oid taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021 yil 12 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasinig ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 109/XV-sonli Qonuni 1-moddasining 40-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 27 iyundagi 03-hq-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Qoraqalpog‘iston qonunchilik tizimiga “qonunchilik” tushunchasini joriy etilishiga xizmat qilgan;
qonun hujjatlari normalari darajasida tartibga solinadigan masalalarni qonunosti hujjatlari bilan belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi tartibini joriy qilish zarurligiga oid taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021 yil 30 noyabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 178/XXIII-sonli Qonuni 11-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 27 iyundagi 03-hq-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qonunosti hujjatlarining tartibga solish doiralarini belgilash joriy etilishiga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qabul qilingan qonunlar Qoraqalpog‘istondagi rasmiy manbalarda e’lon qilinishi orqali yuridik kuchga ega bo‘lishiga oid taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021 yil 12 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasinig ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 109/XV-sonli Qonuni 1-moddasining 37-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 27 iyundagi 03-hq-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Qoraqalpog‘iston qonunlarining normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilingach, yuridik kuchga kirishining konstitusion normalari bilan mustahkamlashga xizmat qilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishiga oid taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021 yil 30 noyabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 178/XXIII-sonli Qonuni 19-moddasi ettinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 27 iyundagi 03-hq-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga doir ishlarini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirishga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan tashqari alohida tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish zarurligiga oid taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021 yil 30 noyabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 178/XXIII-sonli Qonuni 20-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mahalliy hokimiyatning vakillikli va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2022 yil 27 iyundagi 03-hq-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi doidasida ishtirok etuvchilar doirasini belgilanishida xizmat qilgan.