Tursunov Alisher Isoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘quvchilariga fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1667.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilariga fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasidan foydalanib o‘quvchilarning ekologik bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirishning integratsion modeli o‘quvchilarning ekologik madaniyatining pedagogik komponentlarini  rivojlantirish mazmuni mul`tipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirishning integratsion modeli o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini tizimli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasi dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish hamda fanlararo integrativ xususiyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish qobiliyatlari o‘yinli texnologiyalar vositasida dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tabiiy fanlarni o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vocitalarini ishlab chiqish meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echishga yo‘llari fizik qonunlar, ekologik bilimlarga doir tushuncha va ma’lumotlarning inson hayoti faoliyatidagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida kompleks baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari  o‘quvchilariga fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirishning integratsion modeli o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini  rivojlantirish mazmuni mul`tipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Fizikadan ekologik mazmunda masala tanlash va echish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 14 apreldagi 01/11-01/9-487-son ma’lumotnomasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 iyuldagi 89-03-2512-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi 2022 yil 07 iyuldagi 04-02/7-1121-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quvchilarning fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga ko‘maklashilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirishning integratsion modelini o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirish Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2018-2020 yillarda bajarilgan “Fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishda virtual muhitni shakllantirish”  mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi Xalq  ta’limi vazirligi   huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 14 apreldagi   01/11-01/9-487- son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi 2022 yil 07 iyuldagi 04-02/7-1121-son ma’lumotnomalari). Natijada, ekologik mazmundagi masalalarni tanlash, tuzishning metodik ta’minoti boyitilgan va o‘quvchilarning ularni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan ekologik mazmunda turli tipdagi masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish qobiliyatlari o‘yinli texnologiyalar vositasida dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda takomillashgan integrativ yondashuv asosida transformatsiyalash orqali tabiiy fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vocitalar ishlab chiqish meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirish Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2018-2020 yillarda bajarilgan “Fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishda virtual muhitni shakllantirish”  mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq  ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 14 apreldagi 01/11-01/9-487-son  ma’lumotnomasi, O‘zbekiston respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi 2022 yil 07 iyuldagi 04-02/7-1121-son ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quvchilarning fizikadan ekologik turli mazmunda  masalalarni tanlash, tuzish prinsiplari va echish qobiliyatlari o‘yinli texnologiyalar vositasida dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda takomillashgan integrativ yondashuv asosida o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish